• Tayanch ibora va tushunchalar
  • O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
  • Taqdimotni baholash mezonlari
  • -SEMESTR 1-MAVZU. 2. UMUMIY PEDAGOGIKA FANIDAN SEMINAR MAShG‘ULOTI MATERIALLARI




    Download 3,62 Mb.
    bet113/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    3-SEMESTR
    1-MAVZU. 2. UMUMIY PEDAGOGIKA FANIDAN SEMINAR MAShG‘ULOTI MATERIALLARI
    Seminar mashg‘uloti -1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi . (2-soat)
    Reja
    O‘zbekiston Respublikasningi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari. Ta’lim soha-sidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimi va turlari.
    Tayanch ibora va tushunchalar
    « Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, uzluksiz ta’lim tizimi, ta’lim turlari, ijtimoiy himoyalash, ta’lim standartlari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, huquqiy maqom, atestatsiya, akkreditatsiya, nodavlat ta’lim muassasasi, bakalavriat, magistratura, aspirantura, doktarantura, davlat granti, Respublika budjeti, mahalliy budjet, budjetdan tashqari jamg‘arma, ta’limni taraqqiy yettirish fondi, milliy model, shaxs, davlat va jamiyat, umumiy va o‘rta ta’lim, intellektual rivojlanish, dissertatsiya, fan nomzodi, fan doktori, malaka oshirish, monitoring, tashkilot, moliyalash, yaxlit axborot makoni, axborot texnologiyasi, marketing.
    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Kurs haqida umumiy tushuncha berish, O‘zbekiston respublikasi ta’lim tizimi, o‘qituvchilik kasbi uning jamiyatda tutgan o‘rni haqida ma’lumot berish.
    Mavzu yuzasidan savollar:
    Respublika budjeti, mahalliy budjet, budjetdan tashqari jamg‘arma, ta’limni taraqqiy yettirish fondi, milliy model, shaxs, davlat va jamiyat, umumiy va o‘rta ta’lim, intellektual rivojlanish, dissertatsiya, fan nomzodi, fan doktori, malaka oshirish, monitoring, tashkilot, moliyalash, yaxlit axborot makoni, axborot texnologiyasi, marketing.
    Taqdimotni baholash mezonlari:
    1.Talabaning mimikasi va pontomimikasiga -1
    2. Mantiqan bog‘langanligi va izchilligi, nutqning ravonligi – 2
    3. Ko‘rgazmalilik va reglament - 2
    4. Jami: eng yuqori baho: 5 ball
    Mavzuga oid muammolar:
    O‘zbekiston milliy istiqlolga erishgandan keyin 1992 yil iyul oyida birinchi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 1997 yilga kelib talabga javob bermay qoldi. Nima sababdan qonun shunchalik tez «yeskirdi»? Uzoq muddatga mo‘ljallab ishlab chiqilsa bo‘lmasmidi?.
    1997 yil avgustida «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Qonun bilan birga «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham ishlab chiqildi. Bu ikki hujjatni ishlab chiqilishida qanday ma’no bor. Sizningcha bu hujjatlar O‘zbekistonda ta’lim taraqqiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi, pedagogika rivojigachi?
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilgan. Unda - shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish uzviy bog‘liqlikda faoliyat yuritishi qayd etilgan. Milliy modelning bu 5 komponentlari orasidagi bog‘lanishni izohlang. Chizma holiga keltiring. Agar ahamiyatiga ko‘ra qayta joylashtiring deyilsa qanday tartibda joylashtirgan bo‘lar edingiz?.
    «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yanada samarali bo‘lishi uchun ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar qilishni ma’qullagan bo‘lar edingiz?

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194




    Download 3,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -SEMESTR 1-MAVZU. 2. UMUMIY PEDAGOGIKA FANIDAN SEMINAR MAShG‘ULOTI MATERIALLARI

    Download 3,62 Mb.