|
Taqdimotni baholash mezonlari
|
bet | 115/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogikaTaqdimotni baholash mezonlari:
1.Talabaning mimikasi va pontomimikasiga -1
2. Mantiqan bog‘langanligi va izchilligi, nutqning ravonligi – 2
3. Ko‘rgazmalilik va reglament - 2
4. Jami: eng yuqori baho: 5 ball
Mavzuga oid muammolar:
Metod tushunchasining mohiyatini ochib bering.
Ilmiy-tadqiqot metodlarining fan taraqqiyotidagi ahamiyatini tahlil qiling.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarining ta’lim va tarbiya metodlaridan farqini ajratib bering.
Pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan holda qo‘llaniladigan metodlar tizimini so‘zlab bering.
O‘quvchi shaxsini o‘rganish uchun so‘rovnoma (anketa) tayyorlang va uni o‘z maktabingizda to‘ldirib natijalarini umumlashtiring.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Turli ijtimoiy davrlarda ta’lim-tarbiya mazmuni qanday bo‘lganini tavsiflang.
2. Pedagogika fanining obyekti va predmetiga aniqlik kiriting.
3. Pedagogikaning asosiy kategoriyalaridagi uzviy aloqadorlikni asoslab bering.
4. Pedagogikaning turli tarmoqlariga tavsif bering.
5. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llab ko‘ring.
Mavzu bo‘yicha ilmiy xulosalar:
Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari ta’lim -tarbiya tushuncha beradi.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi haqida buyuk alomalarining ilmiy asarlari izoh beradi.
Pedagogikaning asosiy tushunchalari ma’lumot, ta’lim, tarbiya, rivojlanish haqida tushuncha beradi.
Pedagogika fan ilmiy-nazariy asosi shu metod hisobladi.
Pedagogika fanining tizimi va boshqa fanlar bilan aloqasi haqida tushuncha beradi.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari orqali tushuncha beradi.
Mavzu bo‘yicha yechimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Oila pedagogikasining ilmiy va nazariy asoslarini ishlab chiqish.
Pedagogika fanining rivojiga hissa qo‘shgan sharq allomalarining ta’limotlarini ilmiy tahlil etish.
Talabalarda pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishning ilmiy asoslarini yaratish.
|
| |