|
O‘quv faoliyatining natijalari
|
bet | 123/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogikaO‘quv faoliyatining natijalari: Milliy tarbiya haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘ladilar va asosiy adabiyotlar bilan tanishadilar. Oilada farzand tarbiyasida sharqona tarbiya mezonlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.
Farzand tarbiyasida sharqona tarbiya, udum va odatlardan unumli foydalanishga bo‘lgan munosabat shakllanadi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Milliy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
2.Sharqona tarbiya mezonlarini ayting?
3. Muosharat odobi deganda nimani tushunasiz?
4. Milliy udum va odatlarning farzand tarbiyasiga qanday ta’siri bor?
Taqdimotni baholash mezonlari:
1.Talabaning mimikasi va pontomimikasiga -1
2. Mantiqan bog‘langanligi va izchilligi, nutqning ravonligi – 2
3. Ko‘rgazmalilik va reglament - 2
4. Jami: eng yuqori baho: 5 baho
Mustaqil ish topshiriqlari:
1.Uch yuz Ko‘hi Qofni kelida tuymoq,
Dil konidan bermoq falakka buyon,
Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
Nodon suhbatidin ko‘ra yaxshiroq. (yakka tartibda va yoppasiga so‘rash) sharhlab bering.
2.Sharq mutafakkirlarining tarbiyaga oid qanday asarlarini bilasiz?- asarlardan namunalar keltiring?
Mavzu bo‘yicha ilmiy xulosalar:
1.Talabalar milliy tarbiyaning mazmun mohiyatini izohlashi.
2.Maktabda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning samarali yo’llarini izlab topish.
Mavzu bo‘yicha yechimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Talabalar O‘quvchilarda milliy tarbiyani tarkib toptirish yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tarbiyada yuqori natijaga erishishning yangi, qulay usullarini joriy qilish.
O‘quvchilarda milliy tarbiyani tarkib toptirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar yaratish.
11-MAVZU. Seminar mashg‘uloti -11. Jamoaning shaxs tarbiyasiga ta’siri. Guruh rahbarining tarbiyaviy ishi. (2 soat).
Reja:
7.1. Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari .
7.2. Bolalar jamosining shakillanish bosqichlari.
7.3. shaxs va jamoa.
|
| |