|
-MAVZU. Seminar mashg‘uloti -9. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish. 2-soat
|
bet | 121/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika9-MAVZU. Seminar mashg‘uloti -9. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish. 2-soat
Reja:
4.1. O‘quv jarayonini nazorat va hisobga olish funksiyalari.
4.2. Ta’lim olganlikni tashxis etish.
4.3. Bilim, ma’laka ko‘nikmalarni baholash mezonlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilar bilimini tekshirish, nazorat qilish va baholashning ahamiyatini talabalarga tushuntiradi. Ularda pedagoglik kasbiga qiziqish uyg‘otadi.
O‘quv faoliyatining natijalari: O‘quvchilar bilimini tekshirish, nazorat qilish va baholashning ahamiyatini tushuntiradi.O‘quvchilar bilimini tekshirish, nazorat qilish va baholashning ahamiyatini asoslab beradi.
Taqdimotni baholash mezonlari:
1.Talabaning mimikasi va pontomimikasiga -1
2. Mantiqan bog‘langanligi va izchilligi, nutqning ravonligi – 2
3. Ko‘rgazmalilik va reglament - 2
4. Jami: eng yuqori baho: 5 baho
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Bilim, baho, baholash, bilimlarni joriy tekshirish, bilimlarni oraliq tekshirish, bilimlarni yakuniy baholash, baholash shakllari.
Mavzuga oid muammolar:
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalari tekshirilib, baholanib boriladi. O‘quvchi fanni, mavzuni, qanday o‘zlashtirganini, yutuq va kamchiliklarini bilib boradi. Baho (obyektiv) haqqoniy qo‘yilgandagina ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘qituvchining har qanday qo‘ygan bahosini haqqoniy deb hisoblaysizmi? Agar nohaqlik bo‘lsa, u qanday ko‘rinishlarda zohir bo‘ladi?
An’anaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilimi 5 ballik baho me’orlari bilan o‘lchangan. Hozirgi paytda reyting ballari joriy yetildi. Qaysi biri o‘quvchilar bilimini aniqlik va haqqoniylik asosida baholay oladi? Ikki xil baholashning yutuq va kamchiliklarini izohlang.
O‘qituvchi bir o‘quvchining bahosini asossiz tarzda yuqori ko‘tarar, boshqa bir o‘quvchining bahosini pasaytirar edi. Siz bu adolatsizlikka qanday qaraysiz? O‘qituvchidan to‘g‘ri baho qo‘yishni talab qilgan bo‘lar edingizmi? Agar talab qilsangiz qanday shaklda bajarasiz.
|
| |