• Mavzu yuzasidan savollar
  • Taqdimotni baholash mezonlari
  • O‘quv mashg‘ulotining maqsadi




    Download 3,62 Mb.
    bet117/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga maktabda ta’lim jarayoni va mazmuni haqida tushuncha beradi va uni mukammal o‘rganishga qiziqish uyg‘otadi.
    O‘quv faoliyatining natijalari: o‘quv predmeti haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘ladilar va asosiy adabiyotlar bilan tanishadilar. Maktabda ta’limning mazmuni haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.
    Maktabda ta’limni tashkil etishda ta’lim qonuniyatlari, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari va vositalaridan unumli foydalanishga bo‘lgan munosabat shakllanadi.
    Mavzu yuzasidan savollar:
    1.O‘quv reja va o‘quv dasturning o‘xshashlik taraflari bormi? Uni tahlil qiling izohlang.
    2. Ta’lim mazmunida aks yetayotgan hujjatlarni sanab o‘ting. Ularning bir-biriga bog‘liqlik tomonlarini va farqlarini tahlil qiling.
    3. Ta’lim metodlari bilan tarbiya metodlarini birma-bir ayting.
    4. Ta’lim metodlarini siz qanday ta’riflaysiz? O‘z ta’rifingizni izohlang
    Taqdimotni baholash mezonlari:
    1.Talabaning mimikasi va pontomimikasiga -1
    2. Mantiqan bog‘langanligi va izchilligi, nutqning ravonligi – 2
    3. Ko‘rgazmalilik va reglament - 2
    4. Jami: eng yuqori baho: 5 baho
    Nazorat savollari:
    1.O‘quv dasturi qanday hujjatga asoslanib ishlab chiqiladi?
    2.Darslik yaratuvchilar oldiga qo‘yiladigan talablar necha xil?
    3.Maktabda o‘quv reja, o‘quv dastur va darslikning mohiyatini izohlang.
    4.Maktabda o‘quv reja, o‘quv dastur va darslikning mohiyatini taqqoslang.
    5.Maktabda o‘quv reja, o‘quv dastur va darslikning mohiyatini asoslang.
    6.Dars turlarini tahlil qiling.
    7.Har bir darsning tarkibiy qismlarini o‘rganib chiqing. Ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni bayon qiling.
    8.Dars bosqichlarini izohlang.
    9.Har bir bosqich keyingisidan nimasi bilan farq qilishini ifodalab bering.
    Mustaqil ish topshiriqlari:
    1.Mutaxassislik fanidan o‘quv reja, ishchi dastur tuzing.
    2.Darslik va o‘quv qo‘llanmaga qo‘yiladigan talablarni aniqlang.
    3.Ta’lim metodlarini o‘rganib amaliy tajribangizda sinab ko‘ring.
    4.Ta’lim metodlarining shaxs kamolotidagi o‘rnini izohlang.
    5.Ta’lim metodlarining turlarini ilmiy asoslagan olimlarning ilmiy ishlarini o‘rganing.
    Mavzu bo‘yicha ilmiy xulosalar:
    Maktabda ta’limning mazmuni haqida tushunchani namunali dastur beradi.
    Ta’lim mazmunini aks ettiruvchi davlat hujjatlariga o‘quv reja, dastur, darslik kiradi.
    3.Ta’limni tashkil etishning shakllari haqida tushunchani talabalarga o‘rgatish .
    4.Dars va unga qo‘yiladigan talablarni bilish.
    5.Dars turlari va tarkibiy qismlarini aniqlash
    Mavzu bo‘yicha yechimini kutayotgan ilmiy muammolar:
    1.Maktabda ta’limning mazmuni milliy va umuminsoniy tarbiya texnologiyasining ilmiy va amaliy asoslarini ishlab chiqish.
    2.Ta’lim mazmunini aks ettiruvchi pedagogika fanining rivojiga hissa qo‘shgan sharq allomalarining ta’limotlarini ilmiy tahlil etish.
    3. Ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishning ilmiy asoslarini yaratish.
    4.Ta’limni noan’anaviy tashkil etish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar yaratish.
    5.Darsni tashkil qilishda pedagogik texnologiyalarning o‘rnini ko‘rsatib berish.
    6.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil qilishning tizimini va loyihasini ishlab chiqish, afzalliklarini aniqlash.

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194




    Download 3,62 Mb.