|
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
|
bet | 124/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogikaMavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Sinf, jamoa, o‘quvchilar jamoasi, tarbiyaviy ish reja, tarbiyachi, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi hamkorlik, tarbiyaviy soat, ota-onalar qo‘mitasi, pedagogik hamkorlik, formal jamoa, noformal jamoa, umummaktab jamoasi, jamoada shaxs tarbiyasi, jamoa faollari.
O‘quv faoliyatining natijalari: Jamoa jamoaning shaxs tarbiyasiga ta’siri haqida so‘zlab beradi.
Bolalar jamoasini shakllanish bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi.
Shaxs va jamoa ahamiyatini tahlil qiladi.
Mavzu yuzasidan savollar:
O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasini shakllantirganda nimalarga ye’tabor berish kerak?
Jamoa an’analarini ayting?
Jamoaning shakllanish bosqichlarida o‘qituvchi qanday ishlarni amalaga oshirish kerak?
Taqdimotni baholash mezonlari:
1.Talabaning mimikasi va pontomimikasiga -1
2. Mantiqan bog‘langanligi va izchilligi, nutqning ravonligi – 2
3. Ko‘rgazmalilik va reglament - 2
4. Jami: eng yuqori baho: 5 baho
Darsning maqsadi: O‘quvchilar jamoasining mohiyatini bayon etadi. Jamoaning paydo bo‘lishi va tarkib topishida topshiriqlarning ahamiyatini ochib beradi.Jamoaning o‘quvchi shaxsiga ta’siri va tarbiyaviy imkoniyatlarini tushuntiradi.
Talabalarning o‘z jamoalarida tutgan o‘rni va mavqeini anglashga yo‘naltiradi.
Identiv o‘quv maqsadlari:
Jamoa va o‘quvchilar jamoasining mohiyatini aytib beradi.
Jamoaning o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashdagi imkoniyatlarini izohlaydi.
Jamoaning jipslashuvida topshiriqlarning ahamiyatini sharhlaydi.
Nazorat savollar:
1. Jamoa va o‘quvchilar jamoasining mohiyatini aytib bering.
2. Jamoaning o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashdagi imkoniyatlarini tahlil qiling.
3. Jamoaning jipslashuvida topshiriqlarning ahamiyatini aniqlang.
4. Farmal va nofarmal jamoaning bir-biriga o‘xshashlik va farqini izohlang.
Mustaqil ish topshriqlari:
Maktabning ma’lum davrga mo‘ljallagan istiqbol ish rejasining mohiyatini o‘rganish.
Sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasini tahlil qilish.
Maktab tarbiyasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish usullarining bugungi kundagi ahamiyatini qiyosiy tahlil qiling.
Sinf rahbari va tarbiyachiga qo‘yilgan talablarni asoslab bering.
O‘qituvchi –tarbiyachining vazifasi rang–barang, ulardan muhimlarini ajratib ko‘rsating.
|
| |