|
O’quv uslubiy majmua
|
bet | 13/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogikaMa’lumot – bu insoniyat to‘plagan ilmiy va madaniy qadriyatlar tizimini o‘zlashtirish natijasidir. U asosan rejali ta’lim-tarbiya va boshqa yo‘llar bilan olinadi. Ma’lumot to‘liq olib bo‘lingach kishiga tegishli hujjat beriladi: guvohnoma, diplom, sertifikat va hakozo.
Ta’lim – bu maxsus tayyorlangan kishi rahbarligida amalga oshiriladigan ma’lumot berish jarayonidir. Bu jarayonda o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi, ularning qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Tarbiya – bu milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodda shaxsiy sifat va insoniy fazilatlarni shakllantirish jarayonidir.
Rivojlanish – bu shaxsning jismoniy va ma’naviy kamolga yetishida ketma-ket harakati, quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga o‘tib borishidir.
Nazorat savollar:
Pedagogika fanining predmeti nima?
«Pedagogika» so‘zining ilk manosi?
Bugungi kunda pedagogika nimalarni o‘rganuvchi fan?
Dastlabki pedagogik g‘oyalar nimalarda ifodalangan?
. Kategoriya deganda nimani tushunasiz? Javobingizni izohlang.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?
Fanning asosiy tushunchalari nimani ifodalaydi?
Pedagogik tushunchalarning ro‘yxatini tuzing. Unga asoslanib o‘qituvchilik kasbi haqidagi fikr-mulohazalaringizni yozma bayon eting.
2-savol bayoni
Pedagogika insonlar tomonidan yaratilgan eng qadimgi fanlardan biri sanaladi. Odamlar o‘zlarining dastlabki ongli xarakatlarini axloqiy fazilatlarini o‘zlarining nasl-nasabidan bo‘lgan yoshlarga o‘rgatganlar. Shuning uchun ham olimlar pedagogik ta’limotlarning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy jamiyatda paydo bo‘lganligini asoslashadilar. Oilaning kelib chiqishi pedagogik qarashlarning rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Hatto buyuk allomalar Suqrot (469-399y yeraga qadar) Aflotun (427-347y). Arastu (384-322y) va boshqalar dunyo ilmiga ulkan hissa qo‘shganlari holda qullarni odam o‘rnida ko‘rmaganlar. Qullar kundalik turmush tarzida jismoniy mehnatgagina o‘rganganlar. Pedagogika fanining taraqqiyoti Sharq uyg‘onish davri allomalarining qo‘shgan hissalari barakali bo‘lgan. Ayniqsa Muso Al-Xorazmiy, Axmad Al-Farg‘oniy, Axmad-Yugnakiy, Imom Al-Buxoriy, Iso At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Xojib, Burxoniddin Al-Marg‘iloniy, Axmad Yassaviy va boshqalar o‘zlarining buyuk ilmiy kashfiyotlari bilan birga pedagogikaning turli muammolarini ishlab chiqdilar. X1U-XU1 asrlarda Markaziy Osiyo xududida kuchli rivojlangan davlat tarkib topdi. Bu davlatning asoschisi ulug‘ sohibqiron Amir Temur edi. U ilm-fanning taraqqiyotiga madaniyat va maorif ravnaqiga alohida e’tibor berdi. Yoshlar tarbiyasi keng ko‘lamda olib borildi.Shu davrda o‘zlarining pedagogik qarashlari bilan mashhur bo‘lgan olimlar faoliyat yuritdilar. Ular qatorida Muhammad Tarag‘ay, Ulug‘bek, Abdurazzoq Samarqandiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Xusayn Voiz Koshifiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur va boshqalar edi. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti XIX-XX asrlarda o‘zining eng yuqori taraqqiyot darajasiga erishdi. Jadidchilik xarakati ta’lim-tarbiyaning yangi shakl mazmun va usullarini ilgari surdi. Ismoilbek Gaspirali ta’limoti tarafdorlari sifatida Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Munavvarqori Abdurashidxon, o‘g‘li Isxoqxon Ibrat, Abdulqodir Shakuriy, X.X. Niyoziy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va ko‘plab o‘zbek ziyolilari maktab maorif masallarini ilmiy asoslashga xarakat qildilar. Sho‘rolar tizimi sharoitida pedagogika fani o‘ziga xos rivojlandi. Ammo bunda rus milliy ustunligi barcha xalqlarning ilg‘or g‘oyalarini ruslashtirdi. Shunday bo‘lsada bu davrdagi fan taraqqiyotini inkor etib bo‘lmaydi. Jahon pedagogikasi ilg‘or g‘oyalar bilan boyib boradi. Yevropada XV-XVI asrlarda ko‘p pedagogik ta’limotlar ishlab chiqildi. Yan Amon Kamenskiy, J.Lokk, J.J.Russo, I.G. Pestolossi, R. Ouen, A. Disterveg, I.Gerbard va boshqalar o‘z ta’limotlarini yaratdilar. Rossiyada pedagogika fanini rivojlantirishga M.Lomonosov, V.Belinskiy, A.Gersen, N.Chernishevskiy, K.Ushinskiy, N. Pirogov, P.Lesgraft va boshqalar hissa qo‘shganlar. Sho‘rolar tuzumi sharoitida A. Makarenko, S.Shaskiy, P.Blonskiy, N.Krupskaya, V. Suxomlinskiy, M. Danilov, I.Ogorodnikov, N.Boldrev, M.Skatkin, Yubabanskiy, I.Lerner, V.Kraevskiy va ko‘plab boshqa olimlar pedagogika sohasida ilmiy va amaliy faoliyat yuritdilar. Ta’lim uchun bo‘lgan barcha harakatlarimizda – yetarli izlanish va o‘qish bilan ta’minlashda – biz hech qachon ta’limning ayni yuragini esdan chiqarmasligimiz lozim: Yahshi o‘qitishning o‘zini yahshi o‘qituvchilar shunchaki tug‘ilmaydilar, ular eng baland ilhomning natijasidir. 1
O‘zbek olimlaridan S.Rajabov, Ye.Qodirov, J.Umurboev, A.Boboxanov, I.Xusanxo‘jaev, Z.Mirtursunov, M.Ochilov, K.Hoshimov, O.To‘raeva, N.Shodiev, Ye.Choriev va boshqalar pedagogikaning dolzarb muammolarini ishlab chiqishdi va hayotga tadbiq etishda faollik ko‘rsatdilar.
|
| |