• Rag‘batlantirish
  • O’quv uslubiy majmua




    Download 3,62 Mb.
    bet73/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    5 – savol bayoni:
    Tarbiyalanuvchini ijobiy fazilatlarga yo‘naltirish, da’vat etish, sabab bo‘lish, ishtiyoq va havas uyg‘otuvchi metodlar bu toifaga jamlangan, tarbiya tajribasida ko‘p qo‘llaniladigan va yaxshi natijalar beradigan metod hisoblanadi. Bu guruhga musobaqalar uyushtirish, rag‘batlantirish va jazolash kiradi.
    Insonning ongli hayoti davomida boshqalardan ustun bo‘lishiga, raqobatga unda muvafaqqiyat qozonishga, birinchilar safidan o‘rin olishga intilib yashaydi. Bu his yosh bolalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Musobaqa metodi shu holatga asoslanadi. Yoshlar tarbiyasining hamma yunalishida sog‘lom musobaqa uyushtirish va ularning hayotiga qiziqarli va sermazmun hamda zavqli qiladi. Faqat musobaqa hosil bo‘lishi, natijalarning oshkora va taqqoslanish, aniq qoidalarga itoati zarur.
    Ta’limiy ishlarda musobaqa o‘ta hushyorlik bilan barcha tomonlarni chuqur o‘ylagan holda tashkil qilishi darkor. Aks holda o‘quvchilarni murakkab holatlarga tushirib qo‘yiladi.
    Musobaqa yakka tartibda yoki jamoa darajasida uyushtiriladi. Uning natijalari tez va to‘g‘ri baholanganda yoshlardagi ijobiy fazilatlarni kuchaytiradi.
    Rag‘batlantirish-tarbiyalanuvchi xulq-atvoriga beriladigan ijobiy baho bo‘lib yezgulikka, komillika undovchi va yetaklovchi usuldir.
    Rag‘batlantirish xaqkoniy, meyoriy va aniq o‘z vaqtlarida oshkoro amalga oshirilganda samarali bo‘ladi. Rag‘batlantirishning bir qancha turlari bor. Ularga ma’qullash, maqtash, ishonch bildirish, namuna qilib ko‘rsatish, minnatdorchilik, raxmatnoma e’lon qilish, mukofotlashlar kiradi. Mukofotlash o‘z navbatida faxriy yorliq, maqtov qog‘ozi, diplom, ko‘krak nishonlari, o‘quv jixozlari, sovg‘a va yodgorliklar, pul, chet yellarga yuborish va hakozo tarzda bo‘ladi. Mukofotlashda aniq me’yorga rioya qilish zarur. Me’yorga yetmaganda o‘quvchining xafsalasi pasaytirilsa ortiq bo‘lganda ta’magirlikka o‘rgatib qo‘yish xavfi tug‘iladi.
    Jazolash-tarbiyalanuvchidagi salbiy xususiyatlarga berilgan baho va uni to‘zatish yo‘llarini aniq ko‘rsatib beruvchi usullar yig‘indisidir. Jazolash ham o‘z vaqtida ma’lum me’yor doirasida bo‘lishi zarur. Pedagogika fanida jazolashni quyidagi turlaridan foydalanish lozimligi ta’qi-qlanadi. Tartibga chaqirish, ye’tiroz bildirish, uyaltirish, ogohlantirish, do‘q-pupisa, xayfsan, jamoa orasida muhokama qilish, jamoadan chetlashtirish, axloq tuzatish muassasalariga o‘tkazish. Tan jazosi berish, ma’naviy taxqirlash, kamsitish pedagogik jarayonda qo‘llanilmasligi zarur. Lekin amaliyotda ba’zan jazoning bu turlari berilganligi uchrab turadi. Pedagogik mahorati past bo‘lgan tarbiyachilargina bu holatga tushadi.
    Nazorat savollari
    1. Ezgulikka yunaltiruvchi metodlar
    a) ibrat namuna bo‘lish;
    v) o‘git-nasixat va maslahatlar berish;
    s) rag‘batlantirish;
    d) munozara-muhokama;
    ye) intervyu olish;
    2. Ezgulikka yunaltiruvchi metodlar toifasiga kirmaydi
    a) musobaqalar;
    v) mukofotlash;
    s) tanbex berish;
    d) tashakkurnoma e’lon qilish;
    ye) jamoatchilik fikrini hosil qilish.
    3. Tarbiyalanuvchining ijobiy xususiyatlarini ta’kidlash va shakllantirish uchun metodi qo‘llaniladi.
    4.Qaysi guruhda rag‘batlantirish va jazolash metodlari to‘g‘ri
    ko‘rsatilgan?
    a) tartibga chaqirish, ogoxlantirish, ma’qullash
    v) ishonch bildirish, maqtash, minnatdorchilik, mukofotlash;
    s) sovg‘a berish, tashakkurnoma, uyaltirish;
    d) norozi bo‘lish, tartibga chaqirish, muhokama qilish, tasdiqlash,
    xayfsan;
    ye) axloq tuzatish maktabiga o‘tkazish, munozara, muhokama, faxriy
    yorliq berish.
    5.Shanbalik o‘tkazish uchun ayrim o‘quvchilar va guruh jamoalariga mos
    keladigan musobaqa shartlarini ishlab chiking (7 – sinf uchun).
    6. Darsda gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarga qanday munosabatda bo‘lasiz ?
    a) befarq qarayman;
    v) norozichilik bildiraman;
    s) sinfdan chiqarib yuboraman;
    d) xulqiga koniqarsiz baho qo‘yaman;
    ye) sinf rahbarini chaqirib uyaltiraman.
    7. Jazoni qanday turlarini qo‘llamaslik kerak deb hisoblaysiz ?
    a) jamoa orasida uyaltirish;
    v) ota-onasi ishtirokida muhokama qilish;
    s) maxsus axloq tuzatish maktablariga o‘tkazish;
    d) jismoniy kuch ishlatish va ma’naviy taxqirlash;
    ye) xayfsan e’lon qilish.
    8. Rag‘batlantirish va jazolashda adolatsizlik deb nimani tushunasiz?
    a) shaxsiy yaqinlik va g‘arazni;
    v) xaddan oshirib yuborishni;
    s) o‘z vaqtida bo‘lmasligini;
    d) ota-ona va boshqalarni aralashtirishini;
    ye) ayrim olingan o‘quvchilarga qaratilganlikni.
    9.Badiiy ijod namunalaridan misollar keltirib ularni og‘zaki sharhlab bering.

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   194




    Download 3,62 Mb.