• 3-savol bayoni.
  • O’quv uslubiy majmua




    Download 3,62 Mb.
    bet76/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    2- savol bayoni.
    Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi.
    Muayyan dunyoqarashga ega bo‘lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
    Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi.
    Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O‘z mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.
    Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi.
    Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.
    Nazorat savollar

    1. Aqliy tarbiya mohiyati nimalardan iborat?

    2. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishda qanday o‘rin tutadi?

    3. O‘quvchi dunyoqarashining shakllanishiga ekologik tarbiya qanday ta’sir ko‘ratadi?

    3-savol bayoni.
    Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarnii berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat bo‘lib, uni samarali yo‘lga qo‘yish asosida dunyoqarash shakllanadi.
    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligiga urg‘u beriladi. Yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo‘lib etishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo‘lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko‘ra va baholay olishga imkon beradi.
    Aqliy tarbiya o‘quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.
    Aqliy tarbiya jarayonida quyidgi vazifalar hal etiladi:

    1. Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.

    2. Ularda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.

    3. Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.

    4. Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg‘usini shakllantirish.

    5. Bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o‘z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.

    Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to‘laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalarning ko‘rsatishicha, aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo‘lib, quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanishi mumkin:

    1. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.

    2. Mavjud ilmiy bilimlarni o‘zlashtirib olish jarayoni.

    3. Fikrlash ko‘nikmasiga egalik.

    4. Bilimlarni egallashga bo‘lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.

    Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o‘ziga xos o‘rin tutadi.
    Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ilmiy tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.
    E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch bo‘lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko‘rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo‘lib qoladi. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo‘llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.
    Nazorat savollar

    1. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishda qanday o‘rin tutadi?

    2. O‘quvchi dunyoqarashining shakllanishiga ekologik tarbiya qanday ta’sir ko‘ratadi?


    Download 3,62 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194




    Download 3,62 Mb.