• 4 – savol bayoni
  • O’quv uslubiy majmua




    Download 3,62 Mb.
    bet72/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    Nazorat savollari
    1. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar
    a) bolani «a’lo» o‘qiydigan va namunali xulqini shakllantirish
    uchun xizmat qiladi;
    v) xatti – harakatni, xulq – atvorni tartibga soladi;
    s) ota – onani va kattalarni hurmat qilishga o‘rgatadi;
    d) tarbiyalanuvchini ongli intizomga odatlantiradi;
    ye) bola ongida tarbiya haqida tushunchalarni hosil qiladi.
    2. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlarni aniqlang
    a) tartibga chaqirish;
    v) o‘z aqli va kuchiga ishonch hosil qildirish;
    s) nasihat qilish;
    d) ko‘nglini ko‘tarish;
    ye) mukofotlash.
    3. Shu toifaga kirmaydigan metodni toping
    a) tushuntirish, suhbat, hikoya;
    v) va’z, ma’ruza, maslahat;
    s) o‘git – nasihat, namuna, munozara;
    d) ishonch bildirish, ma’qullash, ogohlantirish;
    ye) suhbat, muhokama, uqtirish.
    4. Bolalar yozuvchilari hikoyalaridan namunalar tanlang va qaysi
    metodlardan qo‘llanilganligini so‘zlab bering.
    5. Oilada va maktabda shu toifaga kiradigan metodlardan qo‘llab ko‘rib
    natijalarini yozma tahlil qiling.
    6. O‘zingizda metodlar orqali tarbiya berilganligini tasavvur qiling. Qaysi metod sizga ma’qul bo‘lgan, qaysi biri yoqmaydi ? Taqqoslab ko‘ring va xulosalar chiqaring. Fikringizni tarbiyachilarga uslubiy ishlanma sifatida yozma ifodalang.
    4 – savol bayoni:
    Insonning kim va qanday ekanligi, nimalarga qodirligi tarbiyasining qay holatda ekanligi uning faoliyatiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham faoliyatni shakllantiruvchi tartibga solib turuvchi metodlar alohida toifani tashkil etadi. Bu metodlar orqali hayotiy ehtiyoj bo‘lgan, kundalik yurish turish normalari, eng zarur fazilatlar hosil qiladi. Bu toifaga o‘rgatish va odatlantirish, mashq qildirish, topshiriq, talabchanlik, jamoatchilik fikri, tarbiyalovchi holatlar yaratish kabi metodlarni kiritish mumkin.
    O‘rgatish va odatlantirish metodi tarbiyalanuvchilarni doimiy rejali tarzda ma’lum harakatlarni bajarib borish orqali tushuniladi.
    Bu odatlar tarbiyalanuvchiga muntazam ta’sir etish orqali, shoshmasdan, bosqichma – bosqich hosil qilinadi. Olimlarning ta’kidlashicha fikr, g‘oya ish harakatiga aylanadi.
    O‘rgatish va odatlantirish bolaning yoshiga, turmush tarziga, sharoitiga qarab qo‘llaniladi. Bu metodning yaxshi natija berishi uchun tarbiyachi bola oldiga aniq vazifalar qo‘yish, ayrim insoniy fazilatlarni namoyon etishga da’vat qilishi, kundalik rejimga amal qildirishi ahamiyatlidir.
    Tarbiyalanuvchida salbiy odatlarning hosil bo‘lib qolmasligiga e’tibor berib turish zarur.
    Mashq qildirish xulq-atvor normalarini ko‘p marotaba takrorlash jarayoni hisoblanadi. Bunda mashq ko‘r-ko‘rona bajaralidigan harakatlardan iborat bo‘lib qolmasdan, shakllantiriladigan ma’naviy xususiyatlarni mohiyatini to‘g‘ri tushungan uning ahamiyatini his yetgan holda amalga oshirish zarur. Shundagina yoshlar milliy va umuminsoniy axloq normalarini his etadigan hamda nafosat bilan amalga oshiradigan bo‘ladi. Ma’naviy va xulqiy go‘zallikning uyg‘unlashuvida mashq qildirish samarali ta’sir etadi. Mashq qildirish mahoratning oshishiga katta hissa qo‘shadi.
    Tarbiyalanuvchilarga beriladigan topshiriqlar ularning ijtimoiy faoliyatini tarkib toptirishda foydali usullardan biri hisoblanadi.
    Topshiriq bola bajarishi mumkin va zarur bo‘lgan vazifalar yig‘indisi bo‘lib ota-ona, o‘qituvchi, tarbiyasi va boshqalar tomonidan qo‘yiladigan buyruq-talablarni amalga oshirishdir. Topshiriq bolaning imkoniyatiga shaxsiy xususiyatlariga qiziqishga mos bo‘lganda mukammal bajariladi va tarbiyalanuvchi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
    Noto‘g‘ri berilagan topshiriqlar bolani qiynashi bilan birga tarbiyasiga yomon ta’sir etishi mumkin.
    Talabchanlik topshiriq usuli bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yoshlarda mehnasevarlik, bajaruvchanlik, mas’ulyatni his etish kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Talabchanlik bola shaxsini hurmat qilish, ishonch bildirish, ma’lum me’yorga amal qilishni taqozo etadi.
    Tarbiyalanuvchiga qo‘yiladigan talablar o‘z vaqtida sifatli qilib bajarilish zarur, uni nazorat qilish ahamiyatltdir.
    Jamoatchilik fikri tarbiyalanuvchining ijtimoiy faoliyatiga boshqalar tomonidan bildirilgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Maktabda sinf jamoasi ayrim o‘quvchilarga kuchli tarbiyaviy ta’sirga ega. Tarbiyachi o‘z fikrini jamoa talabi darajasiga yetkaza olsa, bola faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishi va yunaltirishi mumkin bo‘ladi. Jamoa orasida muhokama qilish, xaqqoniy baholash ochiq oydin yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatish har bir a’zoni to‘g‘ri ulg‘aytirishni ta’minlaydi.
    Tarbiyalovchi holatlar yaratish tarbiyachining maxsus, tashkil yetgan, o‘quvchilar tomonidan to‘g‘ri yo‘l tutish va bu holatdan muvaffaqiyatli chiqib ketishini ta’minlovchi pedagogik jarayondir. Kundalik ta’lim-tarbiya paytida kuzatilish va uzoq kutishni taqozo etadigan holatlar maxsus tashkil yetilib, o‘quvchilarning mana shu sharoitda qanday faoliyat yuritishga o‘rgatiladi.
    Nazorat savollari
    1.Faoliyatni tartibga soluvchi metodlar toifasiga qaysi metod
    kirmaydi?
    a) o‘rgatish va odatlantirish;
    v) ishonch bildirish;
    s) mashq kildirish;
    d) topshiriqlar;
    ye) jamoatchilik fikri;
    2. Faoliyatni tartibga soluvchi metodlar
    a) tarbiyalanuvchi ongida tushunchalar hosil qiladi;
    v) xulq-atvorni shakllantiradi;
    3. Qaysi xususiyatlar mazkur metodlar orqali hosil qilingan ?
    a) o‘zgalar yo‘l-yuriq ko‘rsatish;
    v) foydali maslahatlar berish;
    s) ibratli-namuna bo‘lish;
    d) amalda bajarib ko‘rsatish;
    ye) o‘z-o‘zini tankidiy baholash.
    4.Komil insonning qanday xususiyatlari shu metodlar orqali
    shakllantiriladi?
    a) ijtimoiy faol, g‘ayratli, serharakat, kelajakka ishonadigan,
    intiluvchan, murakkab holatlardan chikib keta oladigan;
    v) o‘z-o‘ziga hisob beradigan bilimdon, sermulohaza, boshqalardan
    ortda qolishni hohlamaydigan, barchaning e’tiborida bo‘ladigan.
    5. Bir qancha kursdoshlaringizni yaxshi odatlarini aniqlang va
    izohlab bering.
    6. Komil insonning fazilatlarini bayon eting. Ularning qaysilari
    faoliyatni shakllantiruvchi metodlar orqali tarbiyalanganligini
    asoslab bering.
    7. Bir yigit chekish, ichish va bezorilik yo‘liga kirib qoldi. O‘rtog‘i bu yo‘ldan qaytishni so‘radi, u o‘zgarmadi. Akasining gapiga kirmadi, ukasining fikriga e’tibor qilmadi. Onasiga va’da berdi, bajarmadi. Otasidan bekinib odatlarini davom ettirdi. Sizningcha, uni bu yo‘ldan qaytarish uchun qanday yo‘l tutish kerak?

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194




    Download 3,62 Mb.