• 2 – savol bayoni
  • O’quv uslubiy majmua




    Download 3,62 Mb.
    bet70/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    Nazorat savollari
    1. Metod bu nima?
    a) inson faoliyatining shakllaridan biri.
    v) tarbiyaviy ta’sir etishning vositasi.
    s) aniq maqsadga erishishning yo‘l va usullari.
    d) bajariladigan vazifalarning mazmuni.
    ye) tarbiyalanuvchini tartibli bo‘lishga o‘rgatuvchi tushuncha.
    2. Metodlardan qachon foydalaniladi?
    a) maktabgacha tarbiya davrida.
    v) maktabda o‘qitish chog‘ida.
    s) kattalar nazoratidan chetda qolganda.
    d) doimiy.
    ye) kezi kelganda.
    3. Metodning ta’rifi va mohiyatini so‘zlab bering.
    4. Tarbiya metodlarini ta’lim metodlari va ilmiy tadqiqot
    metodlariga taqqoslab farqini aniqlang.
    5. Bir vaqtda bir necha metodlardan foydalanishga mos tarbiyaviy lavha
    tayyorlang va tahlil qiling.
    6. Metod, vosita va shakl tushunchalarining farqini ajratib izohlang.
    2 – savol bayoni:
    Pedagogika fani o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyoti davomida juda ko‘p tarbiya metodlarini ilmiy asoslari va amaliy faoliyatida qo‘llashni ma’qul yo‘llarini ishlab chiqadi.
    Bunday tarbiya metodlarining tasnif etilishi. Tarbiya amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi kishilarning faoliyatini engillashtiribgina qolmasdan samaradorligini oshirishga barakali hissa qo‘shib kelgan. Tarbiya metodlarining tasnifi deganda har bir metodning qanday maqsadda qaratilganligi qanday vazifalarni bajarishi, qanday natija berishi, ta’sir kuchi va mohiyatiga ko‘ra toifalarga ajratish tushuniladi. Bir toifaga kirgan metodlar tarbiyalanuvchi shaxsda ma’lum bir yo‘nalishdagi tarbiyaviy ta’sirni amalga oshiradi. Masalan, tarbiyalanuvchini ongida, tushuncha, ishonch, e’tiqod tarkib toptirish, yoki xulq – atvorini xatti- harakatini, odatlarini shakllantirish, yoki ijobiy fazilatlarini bajarishga yo‘naltirish, sabab bo‘lish va hakozo.
    Pedagogika fanida har xil tasniflar mavjud bo‘lib olimlar barcha metodlarni ichki toifaga, ya’ni ijtimoiy ongni tarkib toptirish va faoliyatni shakllantirish guruhlariga ajratgan yana bir guruh olimlar tarbiya metodlarini 3 toifaga bo‘lgan. Ular yuqoridagi ikki guruhga uchinchi qilib, ijobiy fazilatlarga yo‘naltiruvchi metodlarni qo‘shganlar. Bu tasnif keng tarqalgan tarbiya metodlarini nazariy hamda amaliy tadqiq etishda tegishli natijalarni ko‘rsata olgandir. Ammo tarbiya metodlarini tugal qamrab olish uchun o‘z - o‘zini tarbiyalash metodlari etishmaydi. Bizningcha, mana shu metodlarni to‘rtinchi guruhi qilib ko‘rsatgan olimlarning ta’limotiga qo‘shilish o‘rinlidir.
    Shunday qilib, tarbiya metodlarini tasnif qilganda quyidagi to‘rt toifaga ajratish ma’qul ko‘rinadi, ijtimoiy ongni shakllantirish tarbiyalanuvchi faoliyatini tarkib toptirish, ijobiy fazilatlarga yo‘naltiruvchi (sabab bo‘luvchi) metodlar, o‘z- o‘zini tarbiyalash metodlari.




    Download 3,62 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   194




    Download 3,62 Mb.