|
O’quv uslubiy majmua
|
bet | 95/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogikaNazorat savollar
Jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga berilayotgan e’tibor nimalarda ko‘zga tashlanadi?
6-savol bayoni.
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni gigiena qoidalari bilan tanishtirish, ularga so‘zsiz amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Nazofat (gigiena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o‘tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga sabab bo‘lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur. Yirtiq yeski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog‘ini chiqarib yurmak zo‘r ayb va gunohdur. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak”. Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak bo‘lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo‘lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo‘lgan nuqsonlar yo‘qoladi. Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog‘ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. “Sog‘lom tanda – sog‘ aql” degan maqolda jismoniy tarbiyaga oid ma’no lo‘nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‘tarish o‘quvchilar o‘rtasida salbiy holatlar – kashandalik va ichkilikbozlikning keng tarqalishi oldini oladi.
Nazorat savollar
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga berilayotgan e’tibor nimalarda ko‘zga tashlanadi?
O‘quvchilar gigienasi nima? Bu haqida buyuk pedagog Abdulla Avloniy qanday fikrlarni bildirgan?
«Jismoniy tarbiya – kashandalik va alkogolizmning dushmani» iborasining mazmunini izohlab bering.
|
| |