• 3-savol bayoni. Anomal o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning asosiy yo‘nalishlari.
  • O’quv uslubiy majmua




    Download 3,62 Mb.
    bet103/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    Nazorat savollar

    1. Anomal o‘quvchilar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi?

    2. Korreksion pedagogika (defektologiya) fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

    3. “Rivojlanishdagi chetlanishlar” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?

    4. Aqli zaif bolalar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi?

    5. Logopediya nima?

    3-savol bayoni.
    Anomal o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning asosiy yo‘nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish – murakkab ijtimoiy-pedagogik muammo hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
    1. Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
    2. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.
    3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
    4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga korreksion-pedagogik ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
    5. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
    6. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
    7. Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o‘quv-metodik bazasi yaratish.
    Korreksion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo‘qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korreksion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan bo‘lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan.
    O‘quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o‘zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi.
    Korreksion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o‘zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
    Korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim o‘qishda va maktabda anomal bolalarga o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatishni ta’minlovchi differensial ta’lim tizimi bo‘lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o‘qishidagi kamchiliklarni yo‘qotish, yetarlicha shakllanmagan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194




    Download 3,62 Mb.