|
Direktor va uning o‘rinbosarlari vazifalari
|
bet | 99/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogikaDirektor va uning o‘rinbosarlari vazifalari. Ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni ta’lim muassasasi direktori olib boradi.
Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:
davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;
o‘quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish;
o‘quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustoxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo‘shatish;
ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;
ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar, sarf-xarajat hisobini yuritish;
ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;
ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisob berib turish.
Ta’lim muassasasi direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining vazifalari:
o‘quv haftasi va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash;
dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini ta’minlash;
har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi a’zolariga o‘quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish;
yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
sinf va guruh jurnallarini to‘g‘ri yuritish va saqlanishiga javob berish;
o‘quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;
o‘quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari:
ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;
ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o‘tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
ta’lim muassasasi o‘quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;
ta’lim muassasasidagi «Yosh yetakchi»ning ishini nazorat qilish va unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.
|
| |