• 2-savol bayoni.
  • O’quv uslubiy majmua




    Download 3,62 Mb.
    bet97/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    Nazorat savollar

    1. Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarishga ta’rif berish?

    2. Menejment, ta’lim muassasasi menejmenti deganda nimani tushunasiz?

    3. Ta’lim sohasini boshqarish qaysi sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi? Ularning vakolatlariga nimalar kiradi?

    4. Ta’lim muassasasida jamoatchilik boshqaruvi qanday amalga oshiriladi?

    2-savol bayoni.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom, ta’lim muassasasalarining Ustavi – ta’lim muassasalarini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati. O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:

    1. Umumiy qoidalar.

    2. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari.

    3. Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish.

    4. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

    5. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

    6. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish.

    7. Mablag‘ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.

    8. Xalqaro hamkorlik.

    Nizomga asosan, umumiy o‘rta ta’limning maqsadi o‘quvchilarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish hisoblanadi.
    Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, majburiy va qo‘shimcha komponentlar umumiy o‘rta ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi.
    Majburiy komponent davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi va o‘quvchilarni tayyorlashning o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta o‘rganish va kasb egallash uchun yetarli bo‘lgan zarur darajasini belgilaydi.
    Qo‘shimcha komponent o‘quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Qo‘shimcha o‘quv yuklanmalarining hajmi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. O‘quvchilar bilim sifati va ta’lim natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o‘tkazish ham nazarda tutiladi.
    Bosqichli nazorat o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
    Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo‘lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim xalqaro hamkorlik asosida ham tashkil etiladi. «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomning sakkizinchi bo‘limida qayd etilganidek, umumiy o‘rta ta’limni boshqarish organlari va ularning mahalliy organlari sanalgan ta’lim muassasalari halqaro hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning tajriba o‘rganish va malaka oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg‘armalar va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
    Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim (maktab)ni har tomonlama boshqarish mohiyatini o‘zida ifoda etadi.
    «Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to‘g‘risida»gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi maslalar yoritilgan6

    1. Umumiy qoidalar.

    2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish.

    3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilarni qabul qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

    4. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

    5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish.

    6. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag‘ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.

    7. Xalqaro hamkorlik.

    Umumiy qoidalarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qitish muddati 3 yil bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga muvofiq amalga oshirilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yuridik shaxs hisoblanishi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:

    • davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturini bajarish;

    • o‘quvchilarning uzluksiz ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirish, tanlagan mutaxassisliklar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun zarur va yetarli bo‘lgan bilimlar ham kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;

    • respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.

    Nizomda akademik litseylarning oliy ta’lim muassasalari huzurida, kasb-hunar kollejlarining esa hududlarning demografik va geografik sharoitlari, tegishli soha mutaxassisliklariga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etishlari ko‘rsatib o‘tilgan.
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining asosiy vazifalari sirasiga o‘quvchilarni qabul qilish, umumiy va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish, nazorat turlarini tashkil etish, kursdan-kursga, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining bir turidan boshqasiga o‘tkazish hamda diplom berish kabilar kiradi.
    Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar, ta’lim muassasasiga professor-o‘qituvchilar va muhandis pedagoglarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib o‘tiladi.
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tartibi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish hamda joriy etish, o‘quv ta’lim va kasb-hunar dasturlarini bir xillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi), ularning hududiy boshqarmalari, shuningdek, ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshiriladi.
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag‘ bilan ta’minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq ta’minlanadi. Ta’lim muassasasining moliyaviy mablag‘lari uning tasarrufida bo‘ladi.
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari belgilangan tartibda xorijiy sheriklar bilan bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘lib, xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkin.
    Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi.
    Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
    Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi:

    1. davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zahirasini egallash yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;

    2. bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o‘rgatish).

    Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiluvchi talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
    Mazkur o‘quv yurtida o‘quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa o‘quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, o‘quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to‘laqonli rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
    Ustavda o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zaro munosabatning o‘rnini kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. Chunonchi, ta’lim muassasasining direktori o‘qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so‘zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas.
    O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi» Xalq ta’limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi» esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar) Qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati mas’ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
    Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o‘rni, uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko‘rsatib berilgan.
    Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

    1. Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar.

    2. Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.

    3. Ta’lim muassasasini boshqarish;

    a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
    b) pedagogik-jamoa Kengashi;
    v) direktor, uning huquq va burchlari;
    g) direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;
    d) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.

    1. O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:

    a) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
    b) o‘quv jarayonini tashkil etish;
    v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
    g) ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;
    d) qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish;
    j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).

    1. O‘qituvchi. Huquq va burchlari.

    2. O‘quvchi. Huquq va burchlari.

    3. O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.

    4. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.

    5. Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.


    Download 3,62 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194




    Download 3,62 Mb.