|
O’quv uslubiy majmua
|
bet | 96/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogikaAsosiy adabiyotlar
1. Pedagogika. // M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
2. Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
3. Yuzlikayeva Ye., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012.
4. Yuzlikaeva E., Madyarova S., Yanbarisova E., I.Morxova. Teoriya i praktika obщey pedagogiki. – T.: TGPU, 2014.
Principles of Learning and Teaching. Yeffective pedagogy. P – 12.
5. Leadership guide.Senior leaders, subject leaders and teachers in secondary schools.
6. Pedagogy and Practice:Teaching and Learning in Secondary chools . Status: Recommended Date of issue: 09-2004. Ref: DfES 0444-2004 GGuidance.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. “O‘zbekiston”. 2017
2. Xasanboev J, To‘rakulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.: Fan va texnologiya, 2008 .
Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. Uz
17-mavzu : TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI
REJA
Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha.
Akademik litsey va kasbhunar kollejlari haqidagi Nizom.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish.
Ta’lim muassasasi Ustavi – rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat.
Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi.
Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Boshqarish, rahbarlik qilish, vakolatli tashkilotlar, boshqarish omillari, ichki boshqarish, nazorat qilish, maslahatli boshqarish.
1-savol bayoni.
Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo‘lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to‘g‘ri tashkil etilishi juda muhim.
Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko‘rsatish demakdir.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko‘ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham tEranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o‘rniga «o‘zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo‘llanilmoqda.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo‘sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo‘nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o‘z mulklari va xodimlarni o‘zlari boshqarganlaridan ko‘ra tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so‘z yuritilganda, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so‘z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:
uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib borilishi;
barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi;
ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;
ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi;
muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lchovga ega;
ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi);
menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;
ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining (1997 yil) 3-moddasida belgilangan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida O‘zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi O‘zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o‘zini vakolatlik doirasida:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;
o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etadi, o‘quv va o‘quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;
ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.
Xalq ta’limi bo‘limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga bo‘ysunadi.
Yuqorida qayd etilgan organlar maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning rivojini ta’minlash uchun ko‘maklashadi. Ularning vakolatiga maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlarini tayinlash ham ikradi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi bo‘limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o‘rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg‘or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yo‘llarini izlaydi, maktab direktori va o‘qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko‘rsatadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv-ta’lim va kasb-hunar dasturlarini birlashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlsh, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi (O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o‘tkaziladigan maktab konferensiyasi ham jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferensiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi.
Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.
|
| |