|
Metodbirlashma yig’ilishi bir oyda kamida bir marta o’tkaziladi
|
bet | 3/9 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 3,28 Mb. | | #154119 |
Bog'liq AMALIY FANLAR Metod birlashma hujjatlari - копия38. Metodbirlashma yig’ilishi bir oyda kamida bir marta o’tkaziladi.
39. Metodbirlashma yig’ilishlarida belgilangan masalalar ko’rib chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi. Yig’ilishlar bayoni alohida daftarga yozib boriladi.
40. Metodbirlashmalar turli mavzularda seminar-mashg’ulotlar, ma’lum mavzularga bag’ishlangan turkum ochiq daslarni tashkil qiladi.
41. O’quv yili oxirida metodbirlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar direktorining o’quv (metodika) ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tahlil qilinadi.
42. Yig’ilish bayonlari daftari, birlashma ish rejasi va hisoboti maktabda 3 yil muddatda saqlanadi.
V .Metodbirlashma rahbari va a’zolarining majburiyatlari
43. Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:
-yosh o’qituvchilarga metodik yordam uyushtirish;
-fan o’qituvchilarining metodbirlashmasi, metod kengashi o’tishini doimiy ravishda tashkillashtirib borish.
-DTS talablari doirasida o’qitish sifatiga e’tibor berish .
-metodbirlashma ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish.
-ilg’or ish tajribalarni ommalashtirish, olib borilgan ishlar xususida metod kengash yoki pedagogika kengashida hisobot berish.
-taqvim-mavzu rejalarining tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish
-ijodiy hisobotlar, ochiq darslar, metodik kunlar, metodik oylik, dekadalarni tashkillashtirish.
-malaka oshirish uchun buyurtmalar berish va malaka oshirishga oid takliflar tayyorlash;
-maktabning Pedagogika kengashida, metodik seminarlarda metodbirlashma ishtirokini faollashtirish.
44. Metodbirlashmaning har bir a’zosi:
-har bir o’qituvchi kamida bitta metodika birlashmaga a’zo bo’lishi va kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan individual dasturga ega bo’lish;
-metodbirlashma o’tkazadigan kengashlarda, tadbirlarda qatnashish;
-kasbiy mahoratini oshirishga intilish;
-pedagogning huquqiy-me’yoriy faoliyatini bilish va unga amal qilish;
-pedagogik faoliyatida o’z-o’zini tahlil qilib borishi kerak.
|
| |