• YENGIL ATLETIKA
  • SPORT OʻYINLARI
  • Oʻquv yilidа umumtaʼlim mаktаblаrining 9-sinf oʻquvchilаri uchun yakuniy nazorat imtihonini oʻtkazish boʻyicha jismoniy tartibya fanidan spetsifikatsiyasi. Tuzuvchilar: Taqrizchilar




    Download 0,79 Mb.
    bet3/7
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,79 Mb.
    #248921
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    9 sinf jismoniy tarbiya (bilet)

    Muvozanatni saqlash mashqlari. Depsinib yakkachoʻpga chiqish; yakkachoʻpga tayanishdan bir oyoqni oshirish bilan 90° burilib minib oʻtirish, ikki oyoqda va holatlarini almashlab sakrashlar; yarim choʻqqaygan holatda oyoqlar bilan siltanib yurish, oyoq uchlariga koʻtarilib burilishlar, oʻng (chap) oyoqda “qaldirgʻoch” hosil qilish; oʻtirib burchak hosil qilish va qoʻllarga tayanib, oyoqlarni kerib orqaga siltanish bilan kerishib sakrab tushish.


    YENGIL ATLETIKA


    Yugurish. Maxsus yugurish mashqlar texnikasini takomillashtirish; past startdan chiqib 60 metrga yugurish; 4x60 metrga estafeta yugurish; 200-300 metrdan 4-5 marta yurish bilan almashlab yugurish; turli masofalarga bir me’yorda 6 daqiqa davomida yengil yugurish.
    Mokisimon yugurish 4x10 m mokisimon yugurish
    Kross tayyorgarligi. 800, 1000 m masofalarga yugurish; yurish bilan almashlab 6 daqiqa davomida yugurish; yoʻnalishni oʻzgartira borib past- baland yerlardan yugurish; 2000 m masofaga kross yugurish.
    Sakrash. Balandlik va uzunlikka sakrashning maxsus mashqlari; yugurib kelib uzunlikka “oyoq bukish” usulida sakrash; yugurib kelib balandlikka “hatlab oʻtish” usulida sakrash.
    Uloqtirish. Turli holatlarda turgan joydan tennis koptogini uloqtirish; tennis koptogini moʻljalga uloqtirish; tennis koptogini yugurib kelib uzoqlikka uloqtirish;


    SPORT OʻYINLARI


    (futbol, basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi)

    Basketbol. Basketbol oʻyini elementlari asosida har xil mashq usullarini bajarish; toʻpni bir qoʻlda olib yurish va uzatish; raqibni chetlab oʻtish; toʻpni bosh tomondan ikki qoʻllab uzatish; shaxsiy va jamoaviy himoyani maydonda ushlash usullarini oʻrgatish; 2x1x2 va 1x2x2 taktikalari; jarima toʻplarini savatga tashlash; basketbol oʻyini qoidasiga asosan ikki tomonlama oʻyin; oʻyinda hakamlik qilishnioʻrgatish.
    Voleybol. Juftlikda toʻpni, toʻr ustidan yuqoridan va pastdan bir – biriga uzatishlar; toʻrdan qaytgan toʻpni qabul qilish; toʻpni qabul qilish va uzatish; texnik usullari; toʻpni oʻyinga kiritish usullari; toʻr orqali xzarba usullari; toʻsiq qoʻyish (yakka va juftlikda), himoyalanish usullari; hujumda va himoyada yakka, guruh va jamoaviy taktik harakatlar; Voleybol oʻquv oʻyini; Qoidalar asosida voleybol oʻyini; Voleybol turish holatida harakatlanish; Voleybol oʻyinida turish, harakatlanish, toʻxtash, tezlashish elementlari texnikasini oʻrganish va mustahkamlash; Tayanchda, harakatda, sakrashda toʻpni orqaga uzatish texnikasini mustahkamlash; toʻrga teskari turgan holda, toʻpni raqib maydondagi nishonga tushurish; toʻpni tepadan oʻyinga kiritishni mustahkamlash; toʻgʻridan hujum zarbasi berishni mustahkamlash; toʻpni pastdan qabul qilishni mustahkamlash; Oldinga yiqilib, bir qoʻlda qabul qilishni mustahkamlash; soddalashtirilgan qoidalar asosida voleybol oʻyini; Ikki tomonlama oʻyin.

    Download 0,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻquv yilidа umumtaʼlim mаktаblаrining 9-sinf oʻquvchilаri uchun yakuniy nazorat imtihonini oʻtkazish boʻyicha jismoniy tartibya fanidan spetsifikatsiyasi. Tuzuvchilar: Taqrizchilar

    Download 0,79 Mb.