|
Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash
|
bet | 2/14 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 57,74 Kb. | | #147715 |
Bog'liq Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash” mavzusini oʻqitish metodikasi. Kurs ishining maqsadi: umumta’lim maktablaridagi texnologiya ta’limi metodikasi mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning grafik madaniyati va savodxonligini rivojlantiruvchi topshiriqlar variantlarini tuzib, ularni dars jarayonida qo‘llash usullarini ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari:
Umumta’lim maktablaridagi texnologiya ta’limi metodikasi mashg‘ulotlarining mazmuni va unda o‘quvchilar bajaradigan amaliy ishlar hamda o‘rganishlari ko‘zda tutilgan nazariy ma’lumotlarni aniqlash.
Umumta’lim maktablaridagi texnologiya ta’limi metodikasi mashg‘ulotlari uchun o‘quvchilar bajaradigan loyihalash elementlari bo‘lgan topshiriqlar variantlarini tuzish.
Kurs ishining ob’yekti: Umumiy o'rta ta’lim maktablaridagi texnologiya ta’limi metodikasi va texnologiya fani o‘quv mashg‘ulotlari.
Kurs ishining predmeti: Umumiy o'rta ta’lim maktablaridagi texnologiya ta’limi metodikasi va texnologiya fani o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirish.
Umumiy o'rta ta’lim maktablari texnologiya ta’limi metodikasi va texnologiya fanlari bo‘yicha o'quvchilarning amaliy grafik ishlarining mazmunini takomillashtirish hamda qo‘shimcha nazariy ma’lumotlar bazasi namunalarini taklif qilish tadqiqotimizning muammosidir.
Kurs ishining tarkibi: Kirish, 2 bob, 4 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I. BOB. DURADGORLIKDA ISHLATILADIGAN YELIMLARNING TARKIBI VA HOSSALARI.
1.1. Yelimning tarkibi
Yopishtiradigan mustahkam qatlam hosil qiladigan xususiyatga ega bo‘lgan moddalar Yelimlar deb ataladi.
Kelib chiqishiga ko‘ra, yelimlar ikki gruppaga: tabiiy va sintetik gruppalarga Ajratiladi. Tabiiy yelimlar gruppasiga hayvonot yoki oqsilli (glyutin, kazein, Albumin), o‘simlik (moyli va dukkakli o‘simliklar kunjarasi va shirdoni, tabiiy Smolalar, natural kauchuk, kraxmal, dekstrin asosida tayyorlangan yelimlar), mineral (silikatli, asfaltli, bitumli) yelimlar kiradi. Mebel, faner va qurilish konstruksiyalari Ishlab chiqarishda tabiiy yelimlardan (oz miqdorda) hayvonot yelimi ishlatiladi. Sintetik yelimlar g‘ovakdor moddalardan murakkab kimyoviy jarayonlar Natijasida olinadigan sintetik smolalar asosida ishlab chiqariladi. Elimlar asosiy yelimlash moddalari, erituvchi va yordamchi moddalardan Tarkib topgan.
|
| |