• 1. Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllatirish
  • Malaka
  • O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish rеjа




    Download 7.95 Kb.
    bet1/3
    Sana25.02.2024
    Hajmi7.95 Kb.
    #162314
      1   2   3
    Bog'liq
    O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish rе-fayllar.org
    115 саволлар, Image to PDF 20220405 13.52.02, big data m.ish, 3 (1), SONGISI, IJTIMOIY FANLAR METODBIRLASHMASI 2023-2024 YIL, Chiroyli yozuv to\'garak, 1. Buddizm tarixi va uning ta’limoti haqida, 1-ma’ruza. Mavzu Axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarishd-fayllar.org, Laba#8 (1), Молекуляр физика Термодинамика 4 қисм Абдуқодиров,Тоҳиров, Machine learning 2-amaliy, sherzodbek, BETLIK рус, Pul massasi va pul agregatlari Fan nomi Pul va Banklar

    O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish rеjа

    O`QUVCHILARNING BILIM, KO`NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH

    RЕJА:

    1. Bilim, ko’nikma malakalarni shakllatirish. 2.Ta'lim olganlikni tashhis etishning mohiyati. 3. O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funkciyalari.

    1. Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllatirish

    Bilim – kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan maʼlumotlari, voqelikning inson tafakkurida aks etishi.

    Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:

    birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi;

    ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;

    uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.

    Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni Bilim darajasiga olib chiqadi.

    Ko’nikma – mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti – harkatlarning avtomatlashgan usuli. 

    Malaka–oldinga qo’yilgan maqsad va xatti–harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usulidir.

    Harakat ko’nikmalarga jismoniy mehnat, sport va o’quv ko’nikmalari (xat yozish, tez o’qish va hokozo) kiradi.

    Sensor ko’nikma va malakalarga o’lchov, yorug’lik, ovoz va simvolik ma’lumotlarni tez va to’g’ri qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan va boshqarish markazlarida takrorlab borishlar kiradi.

    Aqliy ko’nikma va malakalrga–kuzatish usullari, malakalarni rivojlantirish, og’zaki va yozma hisob–kitobni ishlab chiqarish, harkatlarga yo’naltirish, ilmiy tajriba o’tkazish va hokozo, ko’nikmalar mashq natijasida yuzaga keladi.

    Inson tomonidan egallangan ko’nikma va malakalr yangi ko’nikmalarni shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan qonuniyatlar:


    • Ko’nikmaning hosil bo’lishining notekis jarayoni. Bu mashqlarning egri grafigida namoyon bo’ladi. Yuqorida keltirilgan rasmda buni ko’rish mumkin.

    • Ko’nikmalarning ko’chishi. Ijobiy ko’nikmalarning yangilarini shakllanishiga ta’sir ko’chish deyiladi. Ko’nikmalarning yangilarini shakllanishiga ta’sir esa interferensiya deb ataladi, bunda eski ko’nikma yangisining shakllanishiga xalaqit beradi.

    • Ko’nikmani progessiv va regrissiv–ko’nikma uzoq va tarbiya miqdorida xizmat qilishi uchun undan foydalanish lozim. Aks holda deavtomatlashtirish yuzaga kelib, zarur harakatlar o’z tezligi, yangilig, aniqligi va avtomatlashtirilgan harakatlarni ta’minlovchi xususiyatlarini yo’qotadi.

    Download 7.95 Kb.
      1   2   3




    Download 7.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish rеjа

    Download 7.95 Kb.