13
tekshirishga yo‘naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish
faoliyati turli yo‘nalishlar (test, amaliy ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi,
qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo‘yicha tashhis qilinadi va baholanadi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
“Assesment” lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida talabalarning yoki
qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon
qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni
o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida 18
individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘qituvchining ijodiy
yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha
topshiriqlarni kiritish mumkin.
“Tushunchalar tahlili” metodi
Metodning maqsadi:
mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu
buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini
mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki
bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi.