O‘rnatilgan tizimlarning turlari va ko‘rsatgichlari




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

1.2.O‘rnatilgan tizimlarning turlari va ko‘rsatgichlari 
Hisoblash vositalarining rivojlanish jarayonida va element asosining yanada 
kichiklashishi sharofati bilan hamda boshqariluvchi ob’ekt bilan birikib ketish 
natijasida
 kiberfizik tizim
(CPS, Cyber Physical Sysrem) deb nomlanuvchi tizimlar 
paydo bo‘ldi. CPS tizimlar mexanik, optik, kimyoviy va biologik tizimlar bilan 
chuqur birlashib ketishi bilan harakterlanadi. Demak, hisoblash tizimlarining 
boshqariluvchi ob’ektga singish darajasiga bog‘liq holda quydagilarga ajratish 
mumkin: 

Axborot boshqaruv tizimlari (ABT). 

Taqsimlangan axborot-boshqaruv tizimlari (TABT). 

O‘rnatilgan tizimlar (O‘T, Embedded Sysrem, ES). 

Tarmoqli o‘rnatilgan tizimlar (TO‘T,Networked Embedded System,ES ). 

Kiberfizik tizimlar (KT, Cyber Physical System, CPS). 
Oxirgi vaqtda hisoblash texnikasi sohasidagi rivojlanish natijasida o‘rnatilgan 
tizim atamasining manosi yetarli darajada kuchli o‘zgardi. Texnikaning rivojlanishi 


17 
bilan boshqaruvchi kompyuter tizimining sinfini belgilashda evolyusiya sodir 
bo‘ldi: axborot-boshqaruv tizimidan o‘rnatilgan tizimga, o‘rnatilgan tizimdan 
tarmoqli o‘rnatilgan tizimga, tarmoqli o‘rnatilgan tizimdan kiberfizik tizimgachan 
rivojlandi. Rivojlanish jarayonida hisoblash tizimi bilan boshqariladigan ob’eketni 
sekin-asta birlashuvi sodir bo‘la boshladi. Agarda birinchi axborot boshqaruv 
tizimlari amaliy jixatdan boshqaruv ob’ekti bilan bog‘lanmagan tizim ko‘rinishiga 
ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi zamon kiberfizik tizimlari boshqariluvchi ob’ektga juda 
ham chuqur singib ketgan (integratsiyalashgan).
Kiberfizik tizimlar Cyber Physical System (CPS) – bu bitta vazifani 
bajaruvchi, boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi ob’ekt bilan jismoniy muloqat 
qilish vositalariga (elektr, kimyoviy, optik, mexanik, biologik va boshqalar) ega 
bo‘lgan mahsuslashtirilgan hisoblash tizimidir. Kiberfizik tizimlarini joriy etish 
uchun hisoblash platforma vazifasi sifatida xoxishiy kompyuterli vositalar 
ishlatilishi mumkin (masalan, shaxsiy kompyuter) .
“O‘rnatilgan tizim” atamasining turli talqinlari mavjut, ulardan bazilarini 
keltiramiz [9]: 
O‘rnatilgan hisoblash tizimlari (O‘XT) – mahsus (buyurtmali) hisoblash 
tizimlari, boshqarish yoki nazorat qilish ob’ekti bilan bevosita muloqatdagi va u 
bilan bitta konstruksiya hosil qilgan tizimdir. 
O‘rnatilgan hisoblash tizimi – ma’lum vazifalar to‘plamini bajarish uchun 
mo‘ljallangan mahsus axborot-boshqaruv tizimi (ABT). 
Shaxsiy kompyuter bo‘lmagan, kichik kompyuter bo‘lmagan yoki katta 
universal kompyuter bo‘lmagan har qanday hisoblash tizimi o‘rnatilgan hisoblash 
tizimi deb atalishi mumkin. 
O‘rnatilgan hisoblash tizimi – bu qurilma tarkibida dasturlanuvchi 
kompyuteri bor tizim bo‘lib, shu bilan birga u kompyuter umumiy foydalanishlar 
uchun mo‘ljallanmagan bo‘lishi kerak. 
O‘rnatilgan hisoblash tizimi – amaliy jixatidan har qanday hisoblash tizimi 
bo‘lishi mumkin, lekin u stol usti kompyuteri bo‘lmasligi kerak. 


18 
O‘rnatilgan hisoblash tizimi – mahsus vazifalar uchun mo‘ljallangan tizim 
bo‘lib, hisoblash elementi boshqaradigan ob’ektiga to‘liq joylashtirilgan bo‘lishi 
kerak. O‘rnatilgan tizimlar universal kompyuterlardan farqli bitta yoki bir necha 
oldindan aniqlashtirilgan vazifani bajaradi, odatda juda aniq talablar qo‘yilgan 
masalani. Texnik manoda o‘rnatilgan tizimlar atrof muhit bilan boshqarish va 
nazorat qilish vazifalarini bajarish uchun muloqatda bo‘lib, etibor qaratishni o‘z 
vaqtida va sifatli amalga oshirishni qator talablarini amalga oshiradi. Odatda ular 
quyidagi talablarni bajaradilar: narx, istemol quvvat va cheklangan resurslarni 
ishlatish. Ideal holda o‘rnatilgan tizim muhit bilan ob’ektning umri davomida 
muloqatda bo‘lishi kerak.
Odatda o‘rnatilgan tizim ancha katta tizimning bir qismini tashkil etadi yoki 
boshqariladigan ob’ektga bevosita o‘rnatiladi. O‘rnatilgan tizim – bu jismoniy 
dunyo ob’ekti bilan “chuqur integrallashgan” tizim [9]. Ularning elementlari amaliy 
jixatdan har doim resurs bo‘yicha cheklangan. Bu tizimlar uzoq hayot siklili, 
ko‘pincha alohida (avtonom). Bu tizimlarning o‘lchami va murakkabligi juda katta 
oraliqda o‘zgaradi. O‘rnatiladigan tizimlar o‘z sohasini ustasi bo‘lmagan 
foydalanuvchilarga mo‘ljallangandir. Shu bilan bir qatorda ko‘pincha juda muhim 
vazifalarni bajaradilar. 
O‘rnatiladigan hisoblash tizimlarini quyidagi belgilar bo‘yicha turlarga 
ajratish mumkin: 

foydalanish sohasi bo‘yicha; 

axborot va boshqarish funksiyalarini turli nisbatlari bo‘yicha, ya’ni tizim 
ko‘proq axborot tizimi (ma’lumotlar yeg‘ish tizimi) yoki boshqarish tizimi 
(avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi); 

apparat bloklarini xudud bo‘ylab mahalliylashtirish bo‘yicha: 
-
xudud bo‘ylab mahalliylashtirilgan; 
-
xudud bo‘ylab tarqatilgan. 

hisoblash (axbortlarga ishlov berish) va kommunikatsion (axborotlarni 
kiritish-chiqarish vazifasi) tashkil etuvchilarining nisbati bo‘yicha; 

insonning ishtirok etish darajasi bo‘yicha: 


19 
-

Download 2,55 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rnatilgan tizimlarning turlari va ko‘rsatgichlari

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish