O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

avtomatik tizim
– bu dastlabki sozlashni va ko‘rsatgichlarga tezkor 
tuzatish kiritishlarni hamda tizimning ish tartiblarini o‘rnatish vazifasini 
operator tomonidan bajariluvchi tizimdir. Axborotlarni yig‘ish, uzatish va 
boshqarish buyruqlarini bajarish, boshqarish buyruqlarini tezkor tanlash 
vazifalarini inson ishtirokisiz amalga oshiriladi; 
-
avtomatizatsiyalashtirilgan tizim
– bu qisman yoki to‘liq xajimda
axborotlarga tezkor ishlov berishni va bajaruvchi qurilmalarni boshqarish 
buyruqlarini operator tomonidan hosil qilish tizimidir (masalan, 
teleboshqaruv). 

axborot/hisoblashlarni tashkillashtirilishi bo‘yicha 
(markazlashtirilgan/tarqatilgan); 

tizimning jismoniy/mantiqiy modullari o‘rtasida vazifalarni va
masalalarni parallellashtirish darajasi bo‘yicha. 
O‘rnatilgan tizimlarni ishlashining 
xususiyati 
bo‘lib real vaqt o‘lchamida 
ishlash zarurati bor yoki yo‘qligi hisoblanadi.
 
Hozirgi vaqtda yarim o‘tkazgichli komponentlarni ishlab chiqaruvchilardan
Intel, Microchip, Hitachi, NEC, Atmel, Texas Instruments kabi kompaniyalar turli 
murakkablikdagi mikrokontrollerlar oilasini ishlab chiqarmoqdalar. Nisbatan sodda 
mikrokontrollerlar maishiy texnikada va o‘yinchoqlarda o‘z tatbiqini topmoqda. 
Ancha murakkab yuqori unumdorli mikrokontrollerlar samoletlarni boshqarish va 
harbiy texnikada qo‘llanilmoqda. 
O‘rnatiladigan tizimlarning ishlatiladigan sohalari xaqiqatda juda keng 
qamrovli. Ularga uy sharoitida ishlatiladigan taymerlardan boshlab to juda 
murakkab katta xududlarda joylashgan o‘ta muhim ob’ektni boshqaruvchi
murakkab tarqatilgan shajarasimon tizimlargachan kiradi. 

Telekommunikatsion 
tizimlar, 
tarmoq 
qurilmalari 
(kommutatorlar, 
yo‘naltirgichlar, ADSL modemlari va boshqalar); 

Maishiy elektronika (uyali telefonlar, raqamli fotoapparatlar, raqamli 
kameralar, kir va idish yuvish mashinalari va boshqalar); 

Zamonaviy tibbiyot va sport qurilmalari; 


20 

Transport avtomatikasi (avtomobildan aviatsiya tizimlarigacha, shahar yo‘l 
harakatini boshqarish tizimi vahokazo); 

Telemexanika tizimlari (tashqi yoritgichlarni boshqarish tizimi,elektr 
enenrgiyasmini va boshqa energoresurslarni hisobga olish va nazorati, 
energoob’ektlarni monitoringi); 

Harbiylar va kosmik soxa uchun bort tizimlari, kuzatuv tizimlari; 

Sensor tarmoqlari texnologiyasi asosidagi “Aqilliy uy” (”Intellektual bino”). 
Muhimi, bu o‘rnatiladigan hisoblash tizimlarini loyihalashtiruvchi tayyor 
yechimlar mavjutlik darajasi va yangilarini yaratish nisbati qanday bo‘lishidan qatiy 
nazar, u har doim mahsuslashtirilgan hisoblash tizimini yaratadi. Uning tahlillash 
doirasiga tizimni tashkillashtirishning barcha bosqichlari kiradi. U quvvatli va qulay
instrumental vositalar mavjutligida tayyor operatsion tizimga ilova yaratish 
masalasi bilan shug‘ullanmaydi, turli qirrali qattiq cheklangan sharoitda yangi
mahsuslashtirilgan o‘rnatiladigan tizimni yaratish ustida ish olib boradi. 
Shubhasiz, o‘rnatiladigan hisoblash tizimlarini (O‘XT) yaratish sohasidagi 
masalalarning bir qismini andozalardan foydalanish hisobiga hal qilinadi, ayniqsa 
agarda tayyor tizimlarni rivojlantirish yoki modifikatsiya qilish haqida gap 
ketganda. Lekin shu holatda ham sifatli hisoblash platformasini ishlatish, quvvatli 
mahsuslashtirilgan vositalardan foydalanish va maxsulotni testlash talab etiladi. 
O‘XT yaratish masalasi u yoki bu sababga ko‘ra andoza yechimlariga to‘g‘ri 
kelmasa, loyihalashtirishning usul va vositalarini doimiy ravishda rivojlantirib 
borish talab etiladi.
1.1-chizmada o‘rnatilgan tizimlarning asosiy tatbiq sohalari keltirilgan. 
1.1-chizma. O‘rnatilgan tizimlarning tatbiq sohalari 
Transport 
Xarbiy texnika 
Sanoat 
O‘rnatiladigan 
tizimlar 
Tibbiyot 
texnikasi 
Kosmos 
Aloqa qurilmalari 
Maishiy texnika 
Ofis texnikasi 


21 

Download 2,55 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish