Real vaqt o‘lchamida ishlash




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

1.3.Real vaqt o‘lchamida ishlash 
Real vaqt tizimi
– bu voqeaga kafolatlangan vaqt ichida etibor qiluvchi 
hisoblash tizimidir [13,15]. 
Real vaqt tizimi
(RVT) – bu chiqish ta’sirini hosil qilish vaqti muhim bo‘lgan 
har qandek hisoblash tizimi. Masalan, texnologik jarayonlarni boshqarish, 
o‘rnatilgan hisoblash tizimlari, savdo-g‘azna tizimlari vahokazo. 
Axborot tizimlarini real vaqt tizimlaridan tubdan farqi, “kirish-chiqishga 
etibor tezligi” ko‘rsatgichning ta’lqin qilinishi: “To‘g‘ri javob kechikdi=noto‘g‘ri”
(“The right answer late is wrong”, ”Pravilnыy otvet pozdno =nepravilno”).
O‘rnatiladigan tizimlarning xususiyatlariga ishonchlilik, havsizlik va 
kafolatlangan etibor vaqtini ta’minlash kiradi. Kafolatlangan etibor vaqtiga rioya 
qilishni real vaqtda ishlash deb ataladi. 
O‘rnatilgan hisoblash tizimlari boshqariladigan ob’ekt haqida datchiklar 
yordamida axborot oladi. Olingan axborotga o‘rnatilgan axborot tizimi javob 
sifatida boshqarish ta’sirini ishlab chiqaradi va boshqarish signalini ob’ekt bilan 
ulanish vositasi orqali uzatadi. Boshqarilishi kerak bo‘lgan ob’ektdan signal 
olishdan to o‘rnatilgan tizimdan boshqaruv signalini uzatishgacha bo‘lgan vaqt 
oralig‘ini 
etibor vaqti
deb ataladi. 
Real vaqt tizimi har doim tez ishlovchi bo‘lishi shart emas. Real vaqt tizimi 
datchiklardan kelgan axborotga javobni kafolatlangan vaqt oralig‘ida boshqarish 
signalini hosil qilib berishi kerak.
Etibor vaqtiga rioya qilmaslik oqibatlarining muhimlik darajasiga bog‘liq 
holda odatda RVT ikki guruxga ajratiladi: 

yumshoq real vaqt tizimlari; 

qattiq real vaqt tizimlari. 
Yumshoq real vaqt tizimlari
(soft real-time system) – ushlanish o‘rtacha 
kattalaiklarda beriladi. Bu tizimlar biznes-jarayonlarini tashkillashtirish va savdoda 
qo‘llaniladi. 


22 
Qattiq real vaqt tizimi
- bu real vaqt tizimida vaqt bo‘yicha cheklanishlarni 
bajarmaslik, tizimning maqsadli vazifasini bajarishda falokatli oqibatlarga olib 
keladi. Bu tizimlar harbiy va kosmik sohalarda ishlatiladi. 
Qattiq real vaqt tizimlari (hard real-time system) bo‘lgan holda berilgan vaqt 
oralig‘idan (“dedlayn” yuzaga kelishi) so‘ng bajarilgan operatsiya foydasiz 
hisoblanadi va oqibatda butun tizimni ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin deb 
hisoblanadi. Yumshoq real vaqt tizimi (soft real-time system) vaqt bo‘yicha 
ushlanishlarga yo‘l qo‘yadi va ajratilgan vaqt oralig‘ida etibor uchun turli choralar 
amalga oshiriladi, masalan, hosil qilinadigan javobni sifatini kamaytirish evaziga 
(masalan, videoda kadrlarni o‘tkazib yuborish). 
Qattiq real vaqt tizimlarida ushlanishlar sekund yoki milli sekunlarda beriladi, 
vaqt bo‘yicha cheklanishlarni bajarilmasligi tizimning maqsadli vazifalari uchun 
falokatli oqibatlarga olib keladi. 
Odatda, qattiq real vaqt tizimlari past darajadagi vositalar bilan muloqatda 
bo‘ladi. Masalan, avtomobil dvigatelini boshqarish tizimi qattiq real vaqt tizimidir, 
chunki signalga etibor ushlanib (kechiksa) qolsa dvigatelni ishdan chiqishiga olib 
kelishi mumkin. 
O‘rnatiladigan qattiq real vaqt tizimlariga boshqa misol bo‘lib tibbiyot 
tizimlari (yurakni elektron stimulyatori va boshqalar), havsizlik yostiqlarini 
boshqarish tizimi, sanoat robotlari, alohida elektr ta’minot vositasini boshqarish 
tizimi bo‘la oladi. 
Voqeaga berilgan vaqt oralig‘ida qatiy etibor qilish shart bo‘lgan hollarda 
qattiq real vaqt tizimlari joriy etiladi. Odatda bundek qattiq talablar etibor ushlanib 
qolish holatlari ro‘y bersa u yoki bu holatda katta talofatlar sodir bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan tizimlarda foydalaniladi, masalan, atrof muhitga jismoniy shkast yetkazish 
va inson hayotiga havf bo‘lganda. Ma’lum misollardan harbiy va kosmik tizimlarni 
boshqarish bo‘la oladi. 
Bitta masaladan ortiq masala yechilishi kerak bo‘lgan holda tizim vaqtini 
taqsimlash yechiladigan masalaning muhimlik darajasini inobatga olgan holda 
amalga oshiriladi. Undan tashqari, shundek algoritmlar borki bajarilishiga eng kam 


23 
vaqt qolgan masalalarga vaqt bo‘yicha ustunlik beradi (Earliest Deadline First). 
Bundek algoritmlar 100% dan kam yuklangan tizimlar uchun mos keladi.
Yumshoq real vaqt tizimlari uchun ushlanish vaqti o‘rtacha kattaliklarda 
beriladi. Bunga bank terminallari yoki savdo apparatlari misol bo‘la oladilar. 
Odatda yumshoq real vaqt tizimlariga misol bo‘lib tijorat aviayo‘llarini uchish 
jadvallarini boshqaruvchi dasturiy ta’minot bo‘la oladi. Bundek tizim bir necha 
sekun ushlanish bilan ishlay olishi mumkin. Jadvallarni boshqarish tizimida 
hisoblashlar real vaqt ish tartibida bajarilmasa, tijorat aviotashishlarni ta’minlash 
mumkin bo‘lmay qolar edi. Real vaqt audio yoki vidio tizimlari ham shuningdek, 
odatda yumshoq real vaqt tizimlariga kiradi. Real vaqt cheklanishlari buzilishi
sifatni yo‘qotishda namoyon bo‘ladi, tizim esa ishlashni davom ettiradi.
Qayd qilib o‘tish muhimki, qattiq va yumshoq real vaqt tizimlari o‘rtasidagi 
farqi masalani yechishga yetarli vaqt miqdori bilan albatta bog‘liq bo‘lishi shart 
emas. Agarda protsessorni 15 minut (qattiq real vaqt) ichida sovitilmasa kompyuter 
qizib ketishi mumkin. Boshqa taraftdan esa, tarmoq kartasi buferdagi axborotni 
yo‘qotishi mumkin, agarda uni sekundning ulishida o‘qilmasa, lekin bu axborotlarni 
takroran uzatilishi mumkin. Foydalanuvchi esa bu ushlanishni umuman sezmaydi 
ham. 
O‘rnatiladigan tizimlarni ishlashini real vaqtda tashkil etish ularni 
loyihalashtirishdagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish