14
•
har bir ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy
munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim
darajasini
tekshirib, baholaydi
15
III. Nazariy mashg’ulot materiallari
1-MA’RUZA
Mavzu: O‘RNATILADIGAN TIZIMLARGA KIRISH
Reja:
1.1.O‘rnatiladigan tizimlar haqida asosiy tushunchalar.
1.2.O‘rnatilgan tizimlarning turlari va ko‘rsatgichlari.
1.3.Real vaqt o‘lchamida ishlash.
1.4. Qurilmani ixchamligi va ishonchliligi.
1.5. Ko‘p masalalik va platformaning turliligi.
Tayanch iboralar:
o‘rnatiladigan tizim, axborot-boshqarish tizimlari,
o‘rnatilgan hisoblash tizimlari, nazorat tarmog‘i,
kiberfizik tizimlar,
avtomatik
tizim,
avtomatizatsiyalashtirilgan tizim.
1.1.O‘rnatiladigan tizimlar haqida asosiy tushunchalar
O‘rnatiladigan tizimlar o‘tgan asirning elliginchi yillarining
oxirida dunyoga keldi. U davrda kompyuter katta element asosda amalga oshirilar
edi, ularning ishlash ishonchliligi juda ham kam edi. Bu kabi mashinalar meyorida
ishlashi uchun foydalanish sharoiti ideal holatda bo‘lishi kerak bo‘lgan.
Boshqarishga mo‘ljallangan va boshqarish ob’ektidan
maksimal uzoq masofada
joylashgan hisoblash tizimlarining sinfini
axborot-boshqarish tizimlari
(ABT) deb
ataladi. Kompyuter tarmoqlarini dunyoga kelishi bilan (taxminan 1970 yillar)
taqsimlangan yoki tarmoq axborot boshqaruv tizimlarini qurish imkoniyati yaratildi.
Integral mikrosxemalarni va shuningdek mikroprotsessorlarni yaratilishi ABT larni
bevosita boshqariladigan ob’ektga yaqin joylashtirish imkoniyatini berdi yoki hatto
ob’ektning o‘ziga elektron hisoblash vositasini o‘rnatish imkoni hosil bo‘ldi.
Birinchi
o‘rnatiladigan tizimlar
(Embedded System) shu tariqa paydo bo‘ldi. Sekin
asta element asosining arzonlashishi, uning integratsiya darajasining oshishi hamda
hisoblash vositalarining ishonchliligi oshishi bilan hisoblash vositasini ob’ektning
turli qismlariga o‘rnatish imkoniyati yaratildi. Natijada barcha hisoblash vositalarini
birlashtirib yaxlit
nazorat tarmog‘i
hosil qilindi.
Element asosini doimiy arzonlashib borishi va integral sxemada eletroradio
elementlarni joylashish zichligining oshishi hamda
hisoblash qurilmalarini
ishonchliligini ortishi, boshqarish ob’ektining turli joylariga hisoblash vositalarni
16
o‘rnatish imkoniyati natijasida paydo bo‘ldi. Bundek holat barcha hisoblash
vositalarini tarmoqqa birlashtirish imkoniyatini berdi. Rivojlanish jarayonida sekin
asta hisoblash vositalarini ob’ektga singishi (integratsiyasi) ro‘y berdi.
O‘rnatilgan hisoblash tizimlari
(O‘T) – bu nazorat va boshqarish ob’ekti bilan
bevosita muloqotda bo‘luvchi va u bilan konstruktiv jixatdan
birlashtirilgan ishlov
berish va boshqarish tizimlaridir.
O‘rnatilgan tizim
- mahsus vazifalar uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, unda hisoblash vositasi u boshqaradigan qurilmaga to‘liq
o‘rnatiladi (joylashtiriladi). O‘rnatilgan tizimning oddiy kompyuterdan farqi,
o‘rnatilgan tizim bir yoki bir necha oldindan belgilangan
masalani aniq talablar
bo‘yicha bajarishidadir. Odatda o‘rnatilgan tizim joriy etilgan ob’ekt talablarini
bajarishi kerak, ular quyidagilar: istemol quvvati, narx
va cheklangan resurslarni
ishlatishi. Ideal holda u muhit bilan ob’ektning hayot davri davomida muloqatda
bo‘lishi kerak. Odatda, o‘rnatilgan tizim ancha katta tizimning bir qismi bo‘lib
hizmat qiladi yoki boshqariladigan ob’ektga bevosita joylashtiriladi.