O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

 
 
2.1.Boshqariluvchi ob’ekt datchiklari 
Bu birlamchi o‘lchash qurilmalari bo‘lib, ularning vazifasi fizik kattaliklar 
(harorat, bosim, namlik) qiymatini elektr signaliga o‘zgartirishdan iborat. Bunda 
axborot kuchlanish, tok yoki signal chastotasini o‘lchash shaklida ifodalanadi. 


33 
Odatda datchiklar ikki qismdan tashkil topga bo‘ladi: 

sezuvchi element, fizik ko‘rsatgichni sezuvchi (mikrofon membranasi, 
induktiv g‘altak, termopara, yorug‘lik diodi); 

fizik kattalikni tok yoki kuchlanishga o‘zgartiruvchi. 
Har qanday analog datchikning eng muhim texnik ko‘rsatgichi, bu uning 
o‘zgartirish vazifasidir (o‘zgartirish ko‘rsatgichi). Ko‘pincha o‘zgartirish funksiyasi 
o‘lchanadigan ko‘rsatgich bilan chiqishdagi tok yoki kuchlanish qiymati o‘rtasida 
chiziqli yoki logorifmik bog‘lanish bilan ifodalanadi. 
Hozirgi zamon boshqarish tizimlarini yuqori ishonchlilik va avariya holatisiz 
ishlashini quvvatlash zarurati o‘rnatilgan tizimlarni loyihalashtiruvchilaridan 
nazorat qilish ko‘rsatgich sonini ko‘paytirish, fizik kattaliklar datchik turlarini va 
sonini oshirishni taqazo qiladi. Masalan, uchuvchi aviatsiya va kosmik apparatlarda 
datchiklar soni 250 dan 2000 gacha tashkil etadi. Bir vaqtning o‘zida 
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining aniqlik, chinlik va ko‘rsatgichlarni 
o‘lchash tezligi talab qilinadigan metrologik ta’minotini rivojlantirish dolzorb 
bo‘lib qolmoqda. Ob’ektlarni tashxislash va nazorat vositalarining asosiy xatoligi 
datchiklarning ishlash xatoligi bilan aniqlanadi. Hozirda datchiklarning 20 dan ortiq 
turi ma’lum, ular ishlash tamoili va o‘lchaydigan fizik kattaliklari bilan farqlanadi. 
Ular sig‘imli, tokli, pezoelektrik, potensiomerik, induksion, optotola turidagi 
datchiklardir. O‘lchaydigan fizik kattaliklar bo‘yicha bosim, harakat, tezlanish
silkinish, harorat, aylanish, deformatsiya, burchak tezligi, namlik, sarf datchiklar turi 
mavjut. 
Keng ko‘lamda qo‘llanadigan datchiklar, bu mexanik, elektrik, optik va 
biometrik datchik turlaridir. O‘zgartirish funksiyasidan tashqari o‘lchanadigan 
katalikning ishchi oralig‘i va o‘zgartirish xatoligi datchikning ko‘rsatgichlari bo‘lib 
hizmat qiladi. 
Qandaydir o‘rnatilgan oraliqlarda kattaliklarni o‘lchaydigan datchiklar 
qatorida, o‘lchanadigan ko‘rsatgichning cheklangan holatini qayd qiluvchi holat 
datchiklari ham mavjut: “yoqiq-o‘chiq”, “ochiq-yopiq”, “bir-nol”.


34 

Download 2,55 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish