|
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmuaBog'liq O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmuaNazariy mashg‘ulotlar
davomida, talabaga videoma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli
bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun
prezentasiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan
foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarida
har bir mavzu bo‘yicha topshiriqlarni hisoblash bo‘yicha
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi. “O‘rnatilgan tizimlar” fani bo‘yicha
topshiriqlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda keltirilgan ishlarni bajarish talab etiladi.
Topshiriqni bajarish bilan keyingi mavzu bo‘yicha topshiriqni bajarishga o‘tiladi.
Mustaqil ishda
talabalar eng istiqbolli simsiz texnologiyalar bo‘yicha mustaqil referatlar
tayyorlaydi va himoya qiladi. Har bir talabaga alohida o‘z topshirig‘ini bajaradi.
Ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la
o‘zlashtirgan hamda mustaqil ishni bajargan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat
etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.
Talabalar bilimini baholash
Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘qitish materiallarini
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (test, topshiriq va yozma ish natijasi)ga asoslangan.
Joriy oraliq va yakuniy nazorat ballari quyidagicha taqsimlanadi:
Baholash
usullari
Ekspress onlayn testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentatsiyalar va h.k.
Baholash
mezonlari
90-100 ball «a’lo»
Fan bo‘yicha xulosa va qaror qabul qilish. Fan yuzasidan ijodiy fikrlay va
mustaqil mushohada yurita olish.
Fan bo‘yicha olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi va mohiyatini tushuntirib
bera olish.
Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.
70-89 ball «yaxshi»
Fanini mustaqil mushohada qilish.
Fan bo‘yicha olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish.
Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.
|
| |