9
Ta’lim strategiyasi
“O‘rnatilgan tizimlar” fanini o‘qitish ta’limning kredit tizimi asosida ma’ruza, amaliy
mashg‘ulotlari, videoma’ruzalar, taqdimotlar, hamda mavzu bo‘yicha vazifalar va mustaqil ishni
o‘z ichiga oladi. Ma’ruza, amaliy ishlariga oid o‘quv materiallarida ko‘rsatilgan
mavzular
bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar beriladi, amaliy ishlarini bajarish va natijalarni hisoblash
tartibi tushuntiriladi. Fan bo‘yicha qo‘yilgan o‘quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil
o‘rganiladi, laboratoriya ishlari talabalar tomonidan individual
yoki kichik guruhlar tarzda
bajariladi.
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:
•
Videoma’ruzalar;
•
Elektron shakldagi ma’ruza matnlari;
•
Har bir mavzuga doir prezentatsiya slaydlari;
•
Laboratoriya mashg‘ulotlariga doir uslubiy ko‘rsatmalar;
•
Har bir dars mavzusi
yuzasidan topshiriqlari;
•
Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar.