|
Mahsulot tayyorlash texnalogiyasi
|
bet | 1/34 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,5 Mb. | | #229776 |
Bog'liq Hayitboyeva.Y.Z Xamir mahsulotlari va taomlari
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MILLIY HUNARMANDCHILIK VA AMALAIY SAN’AT FAKULTETI “TEXNALOGIK TA’LIM YO’NALISHI”
3-KURS 01.21 GURUH TALABASI
HAYITBOYEVA YULDUZ ZOHIDJON QIZINING
“MAHSULOT TAYYORLASH TEXNALOGIYASI” FANIDAN
MAVZU: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
BAJARDI : Hayitboyeva.Y.Z TEKSHIRDI : _________________
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………….3
1. BOB. XAMIR TURLARIDAN OSHIRMA VA OSHIRMASDAN TAYYORLANADIGAN XAMIRLAR HAQIDA MA’LUMOT………………4
1.1 Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlarini tayyorlash hamda ularning ozuqaviylik ahamyati …………………..………………………………………….4
1.2 Xamirturushli va xamirturushsiz (presslangan) xamir ishlab chiqarish texnologiyasi………………………………………………………………….…...13
2. BOB. O’QUVCHILARGA XAMIR MAHSULOTLARIDAN TAOMLAR TAYYORLASHNI O’RGATISH
2.1 Xamirturushli va xamirturushsiz (oddiy) xamirdan mahsulot ishlab chiqarish, xamirdan taom tayyorlash tartiblari……………………………………20
2.2 Qatlamli xamir, uvalanadigan oshirma xamir, pishirilgan xamir, biskvitli xamir va kekslar uchun xamirlarni tayyorlashni o’quvchilarga o’rgatish. ………20
XULOSA……………………………………………………………………35FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..36
ILOVALAR………………………………………………………..……….36
KIRISH
Yuqori sinflarda bolalar shaxs boʻlib, jamoa boʻlib shakllanadi. Ayni oʻsha paytda ularni oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratib qoʻymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining usluksizligini taʼminlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish zarur.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev
Oziq-ovqat insonning asosiy ehtiyojlaridan biridir. Uni tayyorlash inson faoliyatining eng muhim sohalaridan biridir. Pazandachilik mahoratining rivojlanish tarixi tsivilizatsiya rivojlanishi, turli madaniyatlarning paydo bo'lishi bilan uzviy bog'liqdir. Ota-bobolarimiz ba'zi o'simliklarni go'sht bilan birga iste'mol qilishni yaxshi ko'rgan, boshqalari lichinkalar bilan, uchinchisi esa mustaqil taom sifatida harakat qilgan.
Olimlar, shuningdek, ibtidoiy odamlar shartli ravishda "polenta" deb ataydigan maxsus taom iste'mol qilishlarini aniqladilar. Bu Ruminiya hominiga o'xshaydi. Polenta keyinchalik Rim askarlari tomonidan asrab olingan. Ushbu taomni tayyorlash uchun suv har xil o'tlarning urug'lari bilan aralashtiriladi. Keyin urug'lar bir hil pasta olish uchun ezilgan. Olingan massa tepada oltin qobiq bilan qoplanmaguncha toshlarga qovurilgan. Birinchi non shunday paydo bo'lgan deb ishoniladi.
Men ushbu kurs ishimda hamir va hamir mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar shuningdek, xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlarning ozuqaviylik ahamyati va h.k haqida batafsil yoritishga harakat qildim. Hamir va hamir mahsulotlari hamir qoruvchi va ko’pirtiruvchi, mashinalar bilan jixozlangan maxsus qandolatchilik sexlarida tayyorlanadi. Hamir qorish va undan mahsulot tayyorlash uchun turli idish va asboblardan foydalaniladi. Jumladan: qozonlar, kastryulkalar, mexanik tovalar, yog’och va qandolatchilik patnislari, har xil teshikli elaklar, juvalar, hamir kesuvchi shakldor pichoqlar, hamir yoyuvchi moslamalar, ezuvchi yog’och yoki metall xovonchalar, chilcho’plar, qandolatchilik qopchiqlari va ularning har xil shakl beruvchi metall jihozli uchlari, har xil kurakchalar ishlatiladi.
Hamirturushli hamirning asosiy mahsuloti, un, suv, tuz va hamirturushdan iborat. Sut, tuxum, shakar, yog’, nordonroq qaymoq qo’shib tayyorlanadigan hamir ham bor. Hamir tayyorlash jarayoni mahsulotlarni tayyorlash, hamir qorish, hamirni achitish va achish jarayonida ezib havosini chiqarib turishdan iborat. Uni ishlatishdan avval mashinada yoki qo’lda elak yordamida elanib, qotib qolgan un qoldiqlari, tashqi mahsulotlardan tozalanadi. Bunda un tarkibi kislorod bilan boyiydi, hamir qorish osonlashadi, uning sifati yaxshilanadi, hamir yaxshi oshadi.
Hamirning sifati ularning g’ovaklik darajasi bilan aniqlanadi. G’ovak hamirdan tayyorlangan mahsulot iste’molda oson hazm bo’ladi. Hamir mahsuloti tarkibidagi ko’p miqdordagi kraxmalning hazm bo’lishi qiyin. U fermentlar ta’siri ostida tarkibiy qismlarga ajralib, glyukozaga aylanishi lozim. Bu fermentlar asosan so’lakda va oshqozon osti bezida bo’ladi. So’lak ta’sirida buktirish uchun hamir mahsulotlari yumshoq bo’lishi kerak Hamir g’ovakli bo’lishi uchun turli yumshatuvchi moddalar ishlatiladi. Jumladan hamirturush, osh sodasi, ammoniy tuzi va hokazo.
|
| |