• Kurs ishining obyekti.
  • Kurs ishi maqsadi
  • Kurs ishining dolzarbligi




    Download 6,5 Mb.
    bet2/34
    Sana13.05.2024
    Hajmi6,5 Mb.
    #229776
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    Hayitboyeva.Y.Z Xamir mahsulotlari va taomlari

    Kurs ishining dolzarbligi. Hamir mahsulotining ozuqali ahamiyati tarkibidagi uglevod (kraxmal) miqdori, o‘simlik oqsillari, yog‘lar, V va RR turkumidagi darmondoriyligi. Hamir mahsuloti taomlari yuqori darajada to‘yimli, tashqi ko‘rinishi chiroyli xushxur mazali va hidli bo‘lib, boshqa mahsulotlarning ham xazm bo‘lishini osonlashtiradi. Hamir mahsulotining sifatini yaxshilash, hamir tarkibidagi g‘ovaklikni iloji boricha oshirish, ya’ni hosil bo‘lgan karbonat angidrid gazini hamir tarkibida iloji boricha ko‘proq saqlab qolishning ahamiyati. Hosil bo‘lgan gazni hamir tarkibida saqlanib qolishi un tarkibidagi oqsil miqdoriga bog‘liqligi. Un tarkibidagi oqsil, qorilgan hamir gazini ushlashga, ya’ni cho‘ziluvchanlik holatini oshirishga yordam beradi. Cho‘ziluvchanlik holati yuqori bo‘lgan hamirni qorilganda ishlatiladigan suyuqlik miqdori. qolganlariga qaraganda ko‘proq ishlatiladi, bunday un tarkibidagi havoni saqlash hususiyati yaxshi bo‘ladi, hamir oqib ketmaydi, o‘z shaklini saqlaydi. Lekin bir narsani esdan chiqarmaslik kerak Hamirturushning rivojlanishi uchun doimo kislorod bo‘lishi kerak chunki hamir tarkibida karbonat angidrid gazi ko‘payib ketsa hamirturushning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
    Kurs ishining obyekti. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Texnologiya darslarida o’quvchilarga xamir mahsulotlaridan taomlar tayyorlash ishlarini o’rgatish” bo’yicha amaliy va nazarir mashg’ulotlarni tashkil etish.
    Kurs ishining predmeti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Texnologiya darslarida xamirturushli va xamirturushsiz oddiy xamirdan mahsulot ishlab chiqarish, xamirdan taom tayyorlash ishlaring samaradorligini aniqlash.
    Kurs ishi maqsadi: Umumiy o’rta talimda o’quvchilarga “Texnologiya darslarida xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlarini tayyorlash va ularning ozuqaviylik ahamyati bo’yicha o’quvchilarning faolliyatini oshirish”da innovatsion ta’lim.
    Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:

    1. Texnologiya darslarida xamirdan tayyorlanadigan taomlarga doir manbalarni o‘rganish va tahlil qilish.

    2. “Texnologiya darslarida o’quvchilarning faolligini oshirish omillari”ni o‘rgatishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va interfaol metodlari va ularning didaktik imkoniyatlaridan xabardor qilish.

    3. Texnologiya darslarida o’quvchilarga amaliy va nazariy ta’lim metodlarini o‘rgatish va ulardan amaliyotda samarali foydalanish chora-tadbirlari.


    Download 6,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 6,5 Mb.