195
Sintaksik sozlashning maqsadi dasturga berilgan kirish axborotlarini chiqish
axborotlariga o‘zgartirish vazifasini bajarishiga imkon bermagan dasturdagi
hatoliklarni aniqlash va tuzatish kiritishdan iborat. Semantik sozlash bosqichi
sintaksik sozlash bosqichidan so‘ng bajariladi.
Dasturiy ta’minotni semantik sozlashning bir necha siniflash usullari mavjut.
Siniflashning ikki usulini keltiramiz:
➢ dasturni bajarishda natijani olish usuli bo‘yicha: statik usul (dasturni
sozlashda dasturni bajarilishini talab etilmaydigan usul)
va dinamik usul
(dasturni sozlashda dasturni bajarilishi talab etiladi);
➢ dasturning dastlabki ma’tiniga ta’sir qilish harakteri bo‘yicha: buzib
(sozlovchi operator, protsedura, makro buyruq kiritish
maqsadida dastlabki
ma’tinni modifikatsiyalash nazarda tutiladi) va buzmasdan (dasturning
dastlabki ma’tinini modifikatsiyalash nazarda tutilmaydi).
Dastur testi asosida dasturiy ta’minotdagi hatolikni topish uchun va masalani
yechilishining algoritmi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun dasturchi dasturning
ob’ektlarini qandaydir to‘plamini taxlilashi kerak bo‘ladi (o‘zgaruvchilarni,
operatorlarni, ular o‘rtasidagi boshqaruvchi va axborot aloqalarni), hajmi yetardi
darajada katta bo‘lishi mumkin albatta.
Ishlatiladigan sozlash usullari hatolikni aniqlash uchun muhim bo‘lgan
axborotni va uning turi haqida inson oson tasavvurga ega bo‘lishi uchun qulay holda
avtomatizatsiyalashtirilgan ravishda olishga hizmat qiladi. Shu bilan birga sozlash
jarayoni sekin yaqinlashuvchidir (iteratsion), uning har bir bosqichda dasturchi
dastur haqida cheklangan xajimdagi axborotni idrok etadi, hatolik haqida qandaydir
qisman asoslangan xulosa chiqarishga imkon beradi va sozlash jarayonining keyingi
yaqinlashuvlarida axborotni kamaytirish yo‘lini aniqlanadi.
Demak, sozlash masalasini dastur haqidagi axborot hajmini shu darajada
kamaytiradigan protseduralar
qurishga keltiriladiki, uning asosida dasturchi
dasturda xotolikni borligi yoki yo‘qligi haqida asoslangan xulosalar chiqara olsin,
agarda hatolik bor bo‘lgan holda esa uning harakteri va u qaerda mavjutligini bila
olsin.
196
Shundek qilib, dasturda semantik hatoliklarni qidirish uchun dasturning
o‘ziga nisbattan tashqi yechiladigan masala bayoni zarurdir. Bundek bayonlar
quydagilar bo‘ladi:
1.Dasturga
texnik topshiriq, u hujjatda dasturning ishlashiga talablar
(cheklanishlar, vazifa bayoni, kirish va chiqish axborotlar) batafsil bayon qilinadi.
2.Yechiladigan masalani matematik modelining bayoni (ushbu masalani
formallashtirilgan bayonida barcha tadqiq qilinadigan ko‘rsatgichlar, kirish va
chiqish
axborotlari, axborotni o‘zgartirish jarayonlari, natijani baholash
ko‘rsatgichlari ajratilgan).
3.Masalani yechish algoritmi (masalani yechish usulining bayoni va barcha
kirish axborotlarini chiqish axborotlariga o‘zgartirish
jarayonlari qayd qilinadi,
chunki bu dasturda joriy etilishi kerak).
4.Dasturning loyihasi (dasurni blok sxema ko‘rinishida havola qilish yoki
boshqa usulda, ishlatilgan dasturlash tili konstruksiyasiga yaqin atamalarda
algoritmini bayonini aniqlashtirib bayon qilish).
5.Buyurtmachi
axborotlari
(yechiladigan
masalani
qo‘shimcha
aniqlashtiruvchi ma’lumotlari, texnik topshiriqning kichik qismlari).