• 14.2. Tashxislashning asosiy qoidalari va tushunchalari. 14.3. Mikrokontrollerli tizimlarni tashxizlash vositalari. Tayanch iboralar
  • Mantiqiy taxlillovchilar
  • O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/154
    Sana10.01.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #133982
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154
    Bog'liq
    UMK OT (3)

    Nazorat uchun savollar 
    1.Sozlashni apparat vositalariga nimalar kiradi? 
    2.Umum texnik sozlash vositalariga nimalar kiradi? 
    3. Mantiqiy tekshiruvchining vazifasini bayon qiling. 
    4.Impulslar generatorining ishlashini va qurilmalarini ko‘rib chiqing. 
    5.Tok indikatorini sxemasi va ishlashini ko‘rib chiqing. 
    6.Dasturiy ta’minootni sozlash vositasiga qanday komponentlar kiradi? 
     
    14-MA’RUZA 
    Mavzu: MIKROKONTROLLERLI TIZIMLARNI TAShXICLASh 
    Reja: 
    14.1. Kompleks sozlash vositalari. 


    197 
    14.2. Tashxislashning asosiy qoidalari va tushunchalari. 
    14.3. Mikrokontrollerli tizimlarni tashxizlash vositalari. 
     
     
    Tayanch iboralarkompleks sozlash, mantiqiy taxlillovchi, emulyatorlar, 
    tashxislash, hatoliklarni qidirish, hatoliklarni topish, funksional tashxislash, testli 
    tashxislash. 
     
    14.1. Kompleks sozlash vositalari 
    Apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda sozlashni o‘tqazishga imkon 
    beruvchi vositalarga mantiqiy taxlillovchi, sxema tarkibidagi emulyatorlar va 
    sozlashning integrallashgan muhiti kiradi. Bu vositalarning barchasi murakkab 
    apparat-dasturiy majmua bo‘lib, yetarli darajada keng sozlash masalalarini hal 
    qiluvchilardir. 
    Mantiqiy taxlillovchilar
    Ko‘p hollarda hisoblash tizimining ishlashini tahlillash uchun hisoblash 
    tizimini ishlashining bir necha sikllar davomida bir necha yo‘llardagi yuqori 
    chastotada o‘zgaruvchi axborot oqimini qayd qilish zarurdir.
    Bu maqsadlar uchun mantiqiy taxlillovchilar qo‘llaniladi. Mantiqiy 
    taxlillovchilarni ishlatilganda uning kirishlari hisoblash tizimining nazorat 
    qilinadigan nuqtalariga ulanadi va uni dasturlash amalga oshiriladi. 
    Mantiqiy taxlillovchilarni dasturlashda quyidagilar beriladi: 
    ➢ taxlilovchining ichki hotirasidagi xodisalarni qayd qilish takt impulslarini 
    hosil qilish usuli (ichki generatordan, tashqi zanjirdan, takt impulslarini
    chastotasini bo‘lish koeffitsienti); 
    ➢ xodisa belgisi, uning hosil bo‘lishi taxlillovchi hotirasida sozlanayotgan 
    hisoblash tizim holatini qayd qilish jarayonini faollashtiradi (nazorat 
    qilinayotgan shinalar qiymatini yoki qiymatlar oralig‘ini, qayd qilish 
    jarayonini ishga tushiruvchi yoki to‘xtatuvchi xodisa turi); 


    198 
    ➢ mantiqiy taxlillovchini dastlabki ishga tushirilish soni (taxlillovchining qayd 
    qilingan sanoqlarining qancha ishga tushuruvchi xodisalar hosil bo‘lgan 
    sonini hotirada saqlash kerak); 
    ➢ mantiqiy taxlillovchini dastlab ishga tushirilgandan keyingi ishga tushirishlar 
    soni (taxlilovchining qayd qilingan sanashlar sonining qaysinisi to‘xtatuvchi 
    voqeasi paydo bo‘lgandan keyingisini hotirada saqlash kerak bo‘ladi). 
    Yeg‘ilgan o‘lchashlar turli usulda havola qilinishi mumkin: 
    ➢ holatlar fazosida o‘tish graflar ko‘rinishida; 
    ➢ vaqt diogrammasi ko‘rinishida; 
    ➢ raqamli kodlar ko‘rinishida; 
    ➢ axborotlar shinasining mnemonik buyruqlari ko‘rinishida. 
    Mantiqiy taxlillovchi berilgan turdagi xodisalarni o‘lchash oralig‘idan 
    tashqarida bo‘lgan sonini sanashga, signalning vaqt ko‘rsatgichlarini aniqlash, 
    halallarni aks ettirish va qayd qilish (foydalanuvchi tomonidan berilgan minimal 
    ruxsat etilganidan kam davrli impulslarni) imkonini beradi. 
    Firmalar mantiqiy taxlillovchini sanoat modellarini ishlab chiqaradilar. 
    Hozirda ishlatilayotgan mantiqiy taxlillovchilar sxemaning 150 ta nuqtasini bir 
    vaqtda nazorat qila oladilar, har bir kanalga 32 Kbayt gacha sig‘imli hotiraga
    egadirlar va kanalli nuqtani holatini 0,5 s dan 5 ns gacha davr bilan qayd qila 
    oladi. Hewlett-Packard firmasi ishlab chiqardaigan mantiqiy taxlillovchilar keng 
    tanilgan. 

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish