204
Operativ hotira (OXQ) testi nazorat qilinishi kerak bo‘lgan
har bir
yacheykaga test so‘zini yozish so‘ng har bir yacheykadagi so‘zni o‘qish va undagi
haqiqiy bor axborot bilan unga yozilgan test so‘zi qiymatini solishtirish yordamida
joriy etiladi. Testlovchi kombinatsiyalar sfatida quyidagilar bo‘lishi mumkin:
xoxishiy axborotlar, shaxmatli kod (yozilayotgan so‘zda nol va birlarni almashishi,
masalan, bir bayt sig‘imli yacheyka uchun bu kod 5516 va AA16), kodlar
“yuguruvchi
nol”
va
“yuguruvchi
bir”,
ularni
o‘tqazishda
m bit kenglikdagi yacheyka uchun “o‘qish-yozish” ning m sikli o‘tqaziladi
(masalan, bir bayt sig‘imli yacheyka uchun “yuguruvchi nol” testi sakkista koddan
iborat bo‘ladi: 11111110, 11111101, 11111011,..., 10111111, 01111111). OXQ
testlash uchun boshqa ancha murakkab tashkillashtirilgan ketma-ketliklar ham
ishlatiladi.
Tashqi qurilma testlari mikrokontrollerning mahsuslashtirilgan modullaridagi
nosozliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan: portlar, analog-raqam o‘zgartiruvchi
vahokazolar. Bundek testlar, odatda, test hosil qilgan
mikrokontrollerning chiqish
signalini qayd qilish uchun yoki unga etalan ta’sirni berish uchun qo‘shimcha
apparat vositalarni ishlatishni talab etadi. Kiritish-chiqarish portlarini testlashda
port razryadlariga axborotni kiritish uchun ishlatiladigan signal bera oladigan, port
razryadlaridan axborotni chiqarishga ishlatiladigan signalni bera oladigan
kommutatorlar ishlatiladi. Analog-raqam o‘zgartiruvchilarni
testlashda tayanch
kuchlanish manbalari ishlatiladi.
Hatolikni topish kodlari umuman MK tizimini va shuningdek uning alohida
qismlarini ishlash ishonchliligini oshirish uchun mo‘ljallangan. Bundek kodlarni
ishlatishning asosiy g‘oyasi ortiqcha axborot kiritishdan iborat, ya’ni qo‘shimcha
hizmatchi razryalar qo‘llanishidan iborat, razryadlardagi qiymatlar axborot
razryadlaridagi qiymatlarga bog‘liqdir. Hatolikni
topish kodlarini yozishda
hizmatchi razryalar ma’lum qoidalar asosila hosil qilinadi, axborot razryadlarining
funksiyasi kabi. Kodni o‘qilganda hizmatchi razryalarni takroran hosil bo‘lishi sodir
bo‘ladi va ularni oldin hosil bo‘lganlari bilan solishtiriladi. Yetarli darajada axborot
205
ortiqchaligini ishlatilganda nafaqat hatolik bo‘lganligini aniqlash mumkin va yana
uni joyini aniqlash hamda to‘g‘rilash ham mumkin bo‘ladi.