Loyihalashni integrallashgan (jamlangan) tizimlari




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/154
Sana10.01.2024
Hajmi2,55 Mb.
#133982
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154
Bog'liq
UMK OT (3)

Loyihalashni integrallashgan (jamlangan) tizimlari. 
 
Loyihalashni integrallashgan tizimlari – dasturiy–apparat tizimlar, dasturni 
loyihalashni barcha bosqichlarini amalga oshirish imkoniyatini havola qiluvchi – 
dasturni dastlabki ma’tinini yaratishdan to apparat-dasturiy majmuani sozlaguncha 
bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi. 
Loyihalashni integrallashgan muhitini qo‘llash bilan MK tizimida 
ishlayotgan dasturni iteraktiv sozlashga o‘tqazish mumkin bo‘ldi. Shu bilan bir 
qatorda mikrokontrollerda foydalanuvchi dasturini bajarilish vaqtida beriladigan 
boshqarish ta’sirlari instrumental kompyuterda hosil qilinadi, Tashqi ta’sirlarni 
ishlatilishi apparat-dasturiy majmuani o‘zini tutishini tadqiqot qilishda
sozlanayotgan dastur ma’tiniga hech qanday o‘zgartirish kiritmasdan amalga 


201 
oshirish imkonini beradi (ishga tushirishda yangi qiymatlar berish, boshqarish 
dasturlarini boshqacha ketma-ketlikda ishga tushirish). 
 
14.2. Tashxislashning asosiy qoidalari va tushunchalari 
 
Tashxislash deganda loyihalashtirilgan va sozlanayotgan tizimda apparat 
ta’minotidagi nosozliklar natijasida hosil bo‘lgan hatoliklarni qidirish va topish 
jarayoni tushuniladi. MK tizimining dasturiy ta’minotini ishonchliligi loyihalash 
bosqichida yo‘l qo‘yilgan hatoliklarning mavjutligi bilan tushuntiriladi. Sozlash 
o‘tkazilganda dasturiy ta’minot ishonchliligi oshib boradi. 
MK tizim apparat qismining buzilish chastotasi vaqtga boshqacha 
bog‘liqlikka ega (14.1-chizma).  
 
14.1-chizma. Apparaturaning ishonchliligini vaqtga bog‘liqlik grafigi
Chizmadagi grafikning 1 boshlong‘ich qismida apparaturani buzilish 
chastotasi ancha yuqoriligi kuzatiladi, bu ishlab chiqarishdagi nosozlik tufayli 
yuzaga kelgan (integral sxema g‘ilofining germetizatsiyasi yomon, tashqi ulanishlar 
ishnchliligi kam). 
Chizmadagi grafikning 2 qismi buzilish chastotasi kamligi bilan harakterlanadi, u 
elementlarni tabiiy yemirilish hisobiga yuzaga keladi. Bu qismning davomiyligi
maxsulotni o‘rtacha hizmat qilish muddati bilan aniqlanadi. 



Вақт 
Бузилишлар 
частотаси 


202 
Chizmadagi grafikning 3 qismi buzilish chastotasini oshishi bilan 
harakterlanadi. Bu elektron elemenlarning hizmat davridagi elektr yuklamalar 
yemirilish darajasini oshiradi, shu bilan birga maxsulotni buzilish extimolini ham 
oshiradi. Elektr yuklamalarning ortishi elementning yemirilish jadalligini tezlatadi. 
Element hizmat davrida silkinishlarga duch kelishi ulanishlarda buzilish hosil 
bo‘lish extimolini oshiradi. 
MK tizimlarini foydalanish bosqichida ularni maqsadli vazifalarini bajarish 
imkoniyatini ta’minlash uchun ularning ishidagi hatoliklar faktini aniqlash kerak, 
hatoliklar hosil bo‘lgan joylarni aniqlash kerak va ularning sababini topish va 
bartaraf etish kerak, balkim oxirgi hatolikni emas. Tizimni sifatsiz loyihalashtirish 
natijasida yuzaga keladigan ko‘p qaytariladigan hatoliklarni tizimni yoki uning 
qismini qayta loyihalashtirish orqali bartaraft etish kerak bo‘ladi. 
Tizimlarni tashxislashni funksional va testli tashxislashga ajratiladi.
Funksional tashxislash tizimni maqsadli vazifasini bajarish jarayonida amalga 
oshiriladi, shunda tizim kirishiga faqat ishchi ta’sirlar beriladi. 
Testli tashxislash tizimni alohida ish tartibiga o‘tqazish yo‘li orqali olib 
boriladi, bunda tizim kirishiga mahsus test ta’sirlari beriladi. Keltirilgan tayyorlash 
va tashxislash protsedura asosida MK tizim ishlashining modeli yotadi. 
MK tizim ishlashining modeli TT asosida loyihalashtirish bosqichida 
shakillanadi, yechiladigan masalaning matematik modeli, masalani yechish 
algoritmi, apparat ta’minotini arxitekturasi va prinsipial szemasi, dasturni dastlabki 
ma’tini va tizim loyihalashtiruvchisining o‘zini tasavuri. 
MK tizim ishlashining modeli asosida MK tizimida bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
buzilishlar modeli quriladi. Bu model tizimni noto‘g‘ri ishlash sababini va ularni 
namayon bo‘lish usullari aks ettiradi. Tizimga keluvchi kirish ta’sirlar uchun 
(funksional tashxislashda ishchi va testli tashxislashda cuniy-o‘zi hosil qilgan) 
tizimning etalon etibori quriladi, u qayd qilingan chiqish etibori bilan solishtiriladi. 
MK tizim ishlashining modeli va nosozliklar modeli asosida olingan 
natijalarni solishtirish va tahlillash natijasiga asosan tizim ishlashida hatolik bor 
yoki yo‘qligi va ularni hosil bo‘lish o‘rni aniqlanadi. 


203 

Download 2,55 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Loyihalashni integrallashgan (jamlangan) tizimlari

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish