• 1.2.O‘rnatilgan tizimlarning turlari va ko‘rsatgichlari. 1.3.Real vaqt o‘lchamida ishlash. 1.4. Qurilmani ixchamligi va ishonchliligi.
  • O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/154
    Sana10.01.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #133982
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154
    Bog'liq
    UMK OT (3)

     
     


    15 
    III. Nazariy mashg’ulot materiallari 
     
    1-MA’RUZA 
    Mavzu: O‘RNATILADIGAN TIZIMLARGA KIRISH 
    Reja: 
    1.1.O‘rnatiladigan tizimlar haqida asosiy tushunchalar. 
    1.2.O‘rnatilgan tizimlarning turlari va ko‘rsatgichlari. 
    1.3.Real vaqt o‘lchamida ishlash. 
    1.4. Qurilmani ixchamligi va ishonchliligi. 
    1.5. Ko‘p masalalik va platformaning turliligi. 
    Tayanch iboralar: o‘rnatiladigan tizim, axborot-boshqarish tizimlari
    o‘rnatilgan hisoblash tizimlari, nazorat tarmog‘i, kiberfizik tizimlar, avtomatik 
    tizim, avtomatizatsiyalashtirilgan tizim. 
     
    1.1.O‘rnatiladigan tizimlar haqida asosiy tushunchalar 
    O‘rnatiladigan tizimlar o‘tgan asirning elliginchi yillarining 
    oxirida dunyoga keldi. U davrda kompyuter katta element asosda amalga oshirilar 
    edi, ularning ishlash ishonchliligi juda ham kam edi. Bu kabi mashinalar meyorida 
    ishlashi uchun foydalanish sharoiti ideal holatda bo‘lishi kerak bo‘lgan. 
    Boshqarishga mo‘ljallangan va boshqarish ob’ektidan maksimal uzoq masofada 
    joylashgan hisoblash tizimlarining sinfini axborot-boshqarish tizimlari (ABT) deb 
    ataladi. Kompyuter tarmoqlarini dunyoga kelishi bilan (taxminan 1970 yillar) 
    taqsimlangan yoki tarmoq axborot boshqaruv tizimlarini qurish imkoniyati yaratildi. 
    Integral mikrosxemalarni va shuningdek mikroprotsessorlarni yaratilishi ABT larni 
    bevosita boshqariladigan ob’ektga yaqin joylashtirish imkoniyatini berdi yoki hatto 
    ob’ektning o‘ziga elektron hisoblash vositasini o‘rnatish imkoni hosil bo‘ldi. 
    Birinchi o‘rnatiladigan tizimlar (Embedded System) shu tariqa paydo bo‘ldi. Sekin 
    asta element asosining arzonlashishi, uning integratsiya darajasining oshishi hamda 
    hisoblash vositalarining ishonchliligi oshishi bilan hisoblash vositasini ob’ektning 
    turli qismlariga o‘rnatish imkoniyati yaratildi. Natijada barcha hisoblash vositalarini 
    birlashtirib yaxlit nazorat tarmog‘i hosil qilindi.
    Element asosini doimiy arzonlashib borishi va integral sxemada eletroradio 
    elementlarni joylashish zichligining oshishi hamda hisoblash qurilmalarini 
    ishonchliligini ortishi, boshqarish ob’ektining turli joylariga hisoblash vositalarni 


    16 
    o‘rnatish imkoniyati natijasida paydo bo‘ldi. Bundek holat barcha hisoblash 
    vositalarini tarmoqqa birlashtirish imkoniyatini berdi. Rivojlanish jarayonida sekin 
    asta hisoblash vositalarini ob’ektga singishi (integratsiyasi) ro‘y berdi. 
    O‘rnatilgan hisoblash tizimlari (O‘T) – bu nazorat va boshqarish ob’ekti bilan 
    bevosita muloqotda bo‘luvchi va u bilan konstruktiv jixatdan birlashtirilgan ishlov 
    berish va boshqarish tizimlaridir. O‘rnatilgan tizim - mahsus vazifalar uchun 
    mo‘ljallangan bo‘lib, unda hisoblash vositasi u boshqaradigan qurilmaga to‘liq 
    o‘rnatiladi (joylashtiriladi). O‘rnatilgan tizimning oddiy kompyuterdan farqi,
    o‘rnatilgan tizim bir yoki bir necha oldindan belgilangan masalani aniq talablar 
    bo‘yicha bajarishidadir. Odatda o‘rnatilgan tizim joriy etilgan ob’ekt talablarini 
    bajarishi kerak, ular quyidagilar: istemol quvvati, narx va cheklangan resurslarni 
    ishlatishi. Ideal holda u muhit bilan ob’ektning hayot davri davomida muloqatda 
    bo‘lishi kerak. Odatda, o‘rnatilgan tizim ancha katta tizimning bir qismi bo‘lib 
    hizmat qiladi yoki boshqariladigan ob’ektga bevosita joylashtiriladi. 

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish