• Axborotlar shinasi
  • Boshqarish shinasining
  • O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/154
    Sana10.01.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #133982
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154
    Bog'liq
    UMK OT (3)

     
    Manzil shinasi – ayni shu vaqtda protsessor axborot almashadigan qurilma 
    manzilini (nomerini) aniqlash uchun hizmat qiladi. Har bir qurilmaga 
    (protsessordan tashqari), shuningdek mikroprotsessorli tizimdagi hotiraning har bir 
    yacheykasiga o‘zining manzili biriktiriladi. Protsessorga qandaydir qurilma 
    manzilining kodi mazillar shinasidan berilganda, bu manzil biriktirilgan qurilma, u 
    bilan axborot almashuvi amalga oshirilishini biladi. Manzillar shinasi bir yo‘nalishli 
    yoki ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. 
    3.1.-chizma Mikroprotsessorli tizim tarkibi 
     Axborotlar shinasi – bu asosiy shina bo‘lib, uni mikroprotsessor tizimining 
    barcha qurilmalari o‘rtasida axborot kodlarini uzatish uchun ishlatiladi. Odatda
    Тизимли 
    шина 
    (магистраль) 
    Манзил шинаси 
    Манба шинаси 
    Ахборотлар шинаси 
    Бошкариш шинаси 
    Киритиш/
    чиқариш 
    қурилмаси 
    Кириш 
    сигнали 
    Чиқиш 
    сигнали 
    Процессор 
    Хотира 


    46 
    axborot uzatishda protsessor ishtirok etadi, u axborot kodini qaysidir qurilmaga yoki 
    hotira yacheykasiga, yoki qaysidir qurilmadan hamda hotira yacheykasidan axborot 
    kodini qabul qilishi mumkin. Lekin protsessorning ishtirokisiz ham qurilmalar 
    o‘rtasida axborot almashinuvini amalga oshirish mumkin. Axborotlar shinasi har 
    doim ikki yo‘nalishli bo‘ladi.
    Boshqarish shinasining manzillar shinasi va axborotlar shinasidan farqi, u 
    alohida boshqarish signallaridan tashkil topgan bo‘ladi. Bu signallarning har birini 
    axborot almashuv vaqtida o‘z vazifasi bordir. Bazi signallar uzatiladigan yoki qabul 
    qilinadigan signallarni boshqarish signali bilan ta’minlash uchun (ya’ni, axborotlar 
    shinasiga axborot kodi qaysi vaqt momentlarida berilganligini aniqlaydi ) hizmat 
    qiladi. Boshqa boshqarish signallari axborotni qabul qilinganligini tasdiqlash, 
    barcha qurilmalarni boshlang‘ich holatga keltirish, barcha qurilmalarni taktlashtirish 
    va x.k. uchun ishlatilishi mumkin. Boshqarish shinasining signallarini yo‘llari bir 
    va ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. 
    Va nixoyat, manba shinasi axborotni uzatish uchun emas, tizimni elektr 
    energiyasi bilan taminlash uchun mo‘ljallangandir. U ikki, manba va umumiy (yer) 
    simdan tashkil topgandir. Mikroprotsessor tizimida bitta manba (ko‘pincha +5V) 
    yoki bir necha manba (odatda yana – 5V, +12V va – 12V) bo‘lishi mumkin. Har bir 
    manba uchun o‘z aloqa yo‘li bo‘ladi. Barcha qurilmalar bu manba yo‘llariga parallel 
    ulanadi. 
    Agarda mikroprotsessorli tizimga kirish kodini kiritish kerak bo‘lsa (yoki kirish 
    signalini), u holda protsessor manzillar shinasi orqali kerakli kiritish/chiqarish 
    qurilmasiga murojat etib, axborotlar shinasidan kirish axborotini qabul qilib oladi. 
    Agarda 
    mikroprotsessor 
    tizimidan 
    chiqish 
    kodini 
    (chiqish 
    signalini) 
    foydalanuvchiga chiqarish kerak bo‘lsa, u holda protsessor manzillar shinasi orqali 
    kerakli kiritish/chiqarish qurilmasiga murojat etadi va unga axborotlar shinasi orqali 
    chiqish axborotini uzatadi. 
    Agarda axborotga murakkab ko‘p bosqichli ishlov berilishi kerak bo‘lsa, u holda 
    protsessor oraliq natijalarni tizimli operativ hotirada saqlashi mumkin. Protsessor, 
    hotiraning xoxishiy yacheykasiga murojat etish uchun manzillar shinasiga uning 


    47 
    manzilini jo‘natadi va axborotlar shinasidan unga axborot kodini yuboradi yoki 
    undan axborot kodini axborotlar shinasidan qabul qilib (o‘qib) oladi. Hotirada 
    (operativ va doimiy) shuningdek boshqarish kodlari ham joylashtiriladi (protsessor 
    bajarayotgan dasturning buyruqlari), shuningdek protsessor ularni manzili bo‘yicha 
    manzillar shinasiga murojat qilish orqali axborotlar shinasidan o‘qib oladi. Doimiy 
    hotira asosan mikroprotsessor tizimini dastlabki ishga tushurish dasturlarini saqlash 
    uchun foydalaniladi, u har gal manba yoqilgandan so‘ng bajariladi. Axborot doimiy 
    hotiraga ishlab chiqaruvchi tomonidan bir marotaba doimiy yozib qo‘yiladi va 
    keyingi davr davomida undan faqat o‘qiladi. 
    Bozorda paydo bo‘lgan mikrokontrollerlar keng miqyosda tarqala boshladi va 
    hozirgi vaqtga kelib juda ko‘p sohalarda qo‘llanilmoqda, mikrokontrollerlarni ishlab 
    chiqish kundan-kunga oshib bormoqda, ularni yiliga ikki milliarddan ko‘proq ishlab 
    chiqarmoqdalar. 
    Mkrokontrollerlar ishlatilish sohasi bo‘yicha, tashkillashtirilish tarkibi 
    bo‘yicha, razryadligi, tashqi qurilma to‘plamlari, buyruqlar tizimi va boshqa 
    belgilari bo‘yicha mikrokontrollerlar oilalarga guruxlashtirilgan. Bundek oilaning 
    yorqin namoyondasi bo‘lib Motorola firmasining 32-razryadli mikrokontrolleri,
    Intel firmasining 16-razryadli MCS-96 mikrokontrollerlari, Atmel firmasining AVR 
    RISC-mikrokontrolleri, ko‘p yadroli mikrokontrollerlar ARM, MicroChip
    firmasining ixcham PIC-kontrollerlari, Siemens firmasining umumiy vazifalar 
    uchun mo‘ljallangan SAB mikrokontrollerlari bo‘la oladi. 

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish