O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/154
Sana10.01.2024
Hajmi2,55 Mb.
#133982
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154
Bog'liq
UMK OT (3)

Interfeyslarga misollar. Ketma-ket interfeys RS-232 tashqi interfey sinfiga 
mansubdir. U ikki qurilma o‘rtasida 15 metr oraliqda 115 kilobit/s tezlikda axborot 
uzatishni ta’minlab bera oladi. Bu interfeysga halqaro standart 25 aloqa yo‘lidan 
axborot uzatishni tavsiya qiladi, lekin oddiy holda ikkita aloqa yo‘lili bitta kabel 
yetarli: bittasi axborot uzatish uchun ishlatiladi, ikkinchisi esa umumiy “yer” sifatida 
ishlatiladi. Uzatish protokoli axborot bitlarini uzatish bilan bir qatorda boshlash 
(start), to‘xtash (stop), nazorat yig‘indi bitlarini ham uzatishni inobatga olgan. 
RS-232 interfeys turli kompyuterlarga manipulyator “sichqoncha”, modem, 
nazorat-g‘azna apparatini, tibbiyot taxlillovchilarni, ATS, raqamli otsilograflarni 


40 
ulashda ishlatiladi. Shaxsiy kompyuterlarda RS-232 standarti bo‘yicha axborot 
almashuvini SOM - port ta’minlaydi. 
Ketma-ket RS-422 va RS-485 interfeyslar 32 tagachan qurilmani birga 
ulashga imkon beradi, ular RS-232 interfeysning rivojlantirilgan turlari bo‘lib,
axborotni 62,5 kilobit/s tezlikda 1200 m uzata oladi va 10 metrga 10 megabit/s tezlik 
bilan uzata oladi. 
Parallel VME/VXI, Compact PCI, PXI interfeyslar tizimli interfeyslar sinfiga 
tegishlidir va magistral-modulli boshqarish tizimini yaratish uchun mo‘ljallangan. 
Ular umumiy shina asosida protsessor modulini, operativ hotira modulini va tashqi 
qurilmalar modulini ulash mikoniyatini beradi.
Boshqa interfeyslar qatorida o‘rnatilgan tizimlarda ishlatiladigan quyidagi 
interfeyslarni ko‘rsatish mumkin: 
➢ CANbus ketma-ket tashqi interfeysi, ko‘pincha taqsimlangan bort boshqarish 
tizimlarini (avtomobil, aviatsiya) tashkillashtirishda ishlatiladi
➢ Industrial Ethernet ketma-ket tashqi interfeysi, real vaqt masalalariga
optimallashtirilgan Ethernet tarmoq interfeys versiyasidir; 
HART aralash interfeysi, bir vaqtda raqamli axborotlarni va analog 
signallarni uzatish imkonini beradi. 
Ketma –ket tashqi USB interfeysi, PIC, ISA, AGP parallel tizimli interfeyslar 
real vaqt tizimlarida kam ishlatiladi. Ishlatilgan interfeysga bog‘liq holda ob’ekt 
bilan bog‘lanish komponentlari va boshqarish kompyuteriga ulanish turli 
variantlarda bo‘lishi mumkin.
Tizim avtonom shaklda bajarilganda ob’ekt bilan ulanish qurilma (OUQ) 
komponentlari (2.6-chizma) integrallashgan qurilmani tashkil etadi, u o‘z tarkibiga 
kuchaytirgich, ARO‘ qurilma, kommutatorni oladi. Mikrokontroller va uning 
protsessori bilan axborot aloqasini RS-232, RS-485. USB turidagi interfeyslar 
orqali amalga oshiriladi.


41 
2.6-chizma. Avtonom qurilma shaklidagi ob’ekt bilan ulanish qurilma sxemasi 
Tizimni modulli bajarilganda ob’ekt bilan ulanish qurilma (OUQ) 
komponentlari (2.7-chizma), kompyuterlar va tashqi qurilmalar VME/VXI , 
Compact PCI, PXI asosidagi standart konstruktiv modulliy tizimni tashkil etadi, 
shu bilan bir qatorda axborot almashuvi magistral-modulliy tizimning tizimli 
shinasi orqali amalga oshiriladi. 
2.7-chizma. Ob’ekt bilan ulanishni modulliy amalg oshirish sxemasi 
OUQ kengaytirish plata ko‘rinishida amalga oshirilganda (2.8-chizma) u ichki 
tizimli PIC, ISA interfeysiga ulanadi. 
2.8-chizma. OUQ kengaytirish plata ko‘rinishida amalga oshirish sxemasi 
Hozirgi vaqtda loyihalashtirilayotgan standartlar va protokollar o‘lchash 
vositalarini chiqish ko‘rsatgichlarini unifikatsiyalashni va interfeys plata hamda 
modullarning kirish ko‘rsatgichlari bilan o‘zgartirishni nazarda tutadi. Bu holat 
Д1 
Д 

АРЎ, 
кучайтиргич, 
коммутатор 
Ташқи 
интерфейс 
адаптери 
Процессор 
шина 
Шина 
Д1 
Д 

Ўлчаш модули 
Микроконтроллер 
Д1 
Д 

Ўлчаш платаси 
Процессор 
шина 
мк 


42 
OUQ va yordamchi elementlarni yaxlit konstruktiv blokda tayyorlashni 
osonlashtiradi, demak ishonchlilikni oshiradi, foydalanishni soddalashtiradi va 
boshqarish tizimini arzonlashtiradi. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish