• Fan o‘qituvchisi:Abdukarimov A. Bajardi: Rustamov Xurshid S a m a r q a n d _ 2024
  • Tizimni tahlil qiluvchi zamonaviy texnik ta’minotlar
  • Tizimli tahlil




    Download 393.27 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana13.03.2024
    Hajmi393.27 Kb.
    #170427
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1mustaqil ish (1)



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI 
    TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD
    AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
     
    KAMPYUTERR TIZIMLARI KAFEDRASI 

    TIZIMLI TAHLIL”
     
    FANIDAN 
     
     
    1-mustaqil ish 
    Fan o‘qituvchisi:Abdukarimov A. 
    Bajardi: Rustamov Xurshid 

     
     
     
     
    S a m a r q a n d _ 2024 


    Tizimni tahlil qiluvchi zamonaviy texnik ta’minotlar 
    Reja: 
    1. Tizim tushunchasi. Tizimning tarkibi va tuzilishi.
    2. Tizimlarning tasnifi. Murakkab tizimlarning xususiyatlari.
    3. 
    Tizimli yondashuv va tizimni tahlil qilish.
    4. Tizimni tahlil qiluvchi zamonaviy texnik ta’minotlar. 
     


    Tizim tushunchasi. Tizimning tarkibi va tuzilishi 
    Tizim – bu tizimli tahlilning markaziy tushunchasi. Tizim doimo maqsadga 
    ega, chunki u shuning uchun mavjud va faol ishlaydi. Muayyan munosabatlar orqali 
    o‘zaro bog‘langan va ular uchun qandaydir umumiy maqsadli funksiyani 
    bajaradigan yoki umumiy maqsadga mo‘ljallangan obyektlar to‘plami tizim 
    (sistema) deyiladi.
    Tizim – bu aniq ravishda o‘zaro bog‘langan va ta’sirlashuvchan hamda 
    umumiy maqsadga mo‘ljallangan elementlar majmui yoki to‘plami.
    Agar xuddi shunday hech bo‘lmaganda ikkita elementni aniqlay oslak, 
    masalan, o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi, savdo jarayonida sotuvchi va 
    xaridor, televideniyeda televizor va teleko‘rsatuvlarni uzatuvchi telestudiya va 
    hokazo, bu demak tizim.
    Agar bir xil yoki har xil jinsli elementlarni (masalan, tushunchalar, buyumlar, 
    odamlar) yig‘sak (birlashtirsak), bu tizim hosil bo‘ldi degani emas, bu tasodifiy 
    aralashma xolos. Biror elementlarning to‘plami sistema bo‘lishi uchun bu tizimni 
    kuzatish (tavsiflash) imkonini beruvchi tadqiqot maqsadi va tahlil aniqligi bo‘lmog‘i 
    lozim. Masalan, loyihachi yoki sinovchi-tadqoqotchi uchun avtomobil bu tizim, 
    ammo u yo‘lovchi uchun harakat vositasi (transport turi) xolos. Odatda tizim 
    elementlari ma’lum predmet sohasi obyektlari kabi ta’riflanadi.
    Element (lot. elementum – dastlabki modda) – bu tizimning ma’lum bir 
    funksiyalarni nisbatan mustaqil amalga oshirish qobiliyatiga ega, bo‘linmas 
    komponentasi (qismi). Tizimda ular soni chekli yoki cheksiz bo‘lishi mumkin. 
    Elementlar buyum, obyekt, predmetlarga bo‘linishi mumkin. Elementlar moddiy
    energetik, axborot shaklida bo‘ladi.
    Tabiat bilan bog‘liq ravishda fizik, mexanik, kimyoviy, biologik, iqtisodiy
    kibernetik va boshqa tizimlarni farqlash mumkin.
    Fizik, mexanik, kimyoviy, biologik tizimlar real mavjud obyektlarning mos 
    xususiyatlarini tekshirishda vujudga keladi.
    Iqtisodiy tizim – bu o‘zaro iqtisodiy bog‘lanishga ega turli ta’sirlashuvchi 
    obyektlar (jarayonlar, hodisalar) birlashuvi natijasidir.


    Kibernetik tizim – bu axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash hamda 
    axborot almashishga qodir o‘zaro bog‘langan obyekt-elementlar to‘plamidan iborat 
    tizimdir. Kibernetik tizimlarga misollar: avtopilot, xolodilnikdagi harorat 
    regulyatori, EHM, inson miyasi, tirik organizm, biologik ko‘payish, kishilik 
    jamiyati.
    Tizim yana elementlar o‘rtasidagi aloqalarni ham o‘z ichiga oladi. Elementlar 
    va ular o‘rtasidagi aloqalar har biri ma’lum qiymatlar to‘plamini qabul qiluvchi 
    xossalarga (ko‘rsatkichlarga) ega bo‘lishi mumkin.
    Istalgan tizimning muhim sifati unda bu tizimga kiruvchi barcha 
    elementlarning hisobga olish xususiyatiga egaligidir. Shu sababli tizimni 
    o‘rganishda elementlarni alohida ketma-ket o‘rganishga imkon beruvchi 
    elementlarga ajratish usuli yetarli emas. Tizimning har bir elementi o‘z navbatida 
    tizim bo‘lishi mumkin, bunday holda u asos qilib olingan tizimga munosabati 
    bo‘yicha tizim osti bo‘ladi (bunda tizim haqida aytilgan barcha tushunchalar unga 
    ham tegishli bo‘ladi). O‘z navbatida istalgan tizim boshqa tizimning tizim ostisi 
    bo‘lishi mumkin, munosabat bo‘yicha yuqori tizim tizim usti bo‘ladi.
    Tizim elementlarini oddiy sanab o‘tish bilan yoki biror to‘plamga tegisli 
    xossalarining berilishi bilan yoki ketma-ket o‘zaro bog‘langan tizim ostilarga 
    (komponentalarga, elementlarga) ajratilishi bilan ifodalanishi mumkin. Oxirgi holda 
    elementlar yoki ularning guruhlari o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlarni aks 
    ettiruvchi "tuzilma" tushunchasini kiritish mumkin. Bu o‘zaro aloqalar tizimning va 
    uning asosiy xossalarining mavjudligini ta’minlaydi. Tuzilma grafik akslanishlarda, 
    nazariy-to‘plamli munosabatlarda, matritsalar ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. 
    Tizimni tasvirlash akslantirish maqsadiga bog‘liq [1]. 
    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday tizim o‘zining tarkibiga ega. Har 
    qanday tizimning bazaviy topologiyasi (tuzilmasi) quyidagi sxemalarda ifodalash 
    mumkin:


    1) chiziqli turdagi tuzilma: 
    2) iyeratxik turdagi tuzilma: 
    3) tarmoq turidagi tuzilma: 
    4) matritsa turidagi tuzilma: 



    Download 393.27 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 393.27 Kb.
    Pdf ko'rish