121
axborotlarni uzatish va qabul qilishda ko‘pincha yagona o‘ralgan juftlik simlari
ishlatiladi. Axborotlarni uzatish differensial signallar yordamida amalga oshiriladi.
O‘tkazgichlar o‘rtasidagi kuchlanish qutubining bir
farqi mantiqiy birni bildirsa,
boshqa qutubli farq nolni bildiradi.
RS-485 interfeysining elektr va vaqt ko‘rsatgichlari:
➢ tarmoqning ko‘p nuqtali tarkibida 32 qabul va uzatuvchi;
➢ tarmoq tugunlarining maksimal soni – 250 ta magistral kuchaytirgichlarni
hisobga olingan holda.
Almashuv/uzunlik aloqa yo‘lining tezlik ko‘rsatgichi (eksponensial
bog‘liqlikda):
✓ 62,5 kbit/s 1200 m (bitta o‘ralgan juftlik);
✓ 375 kbit/s 300 m (bitta o‘ralgan juftlik );
✓ 500 kbit/s;
✓ 1000 kbit/s;
✓ 2400 kbit/s 100 m (ikkita o‘ralgan juftlik);
✓ 10 000 kbit/s va 10 m.
62,5 kbit/s, 375 kbit/s, 2400 kbit/s almashuv tezliklari RS-485
standart
tomonidan belgilangan. 500 kbit/s dan yuqori tezlikdagi almashuvlarda
ximoyalangan o‘ralgan juftlik kabelidan foydalanish tavsiya etilgan.
CAN interfeysi.
CAN (Controller Area Network) –ketma-ket aloqa protokoli, u samarali real
vaqt o‘lchamida tarqatilgan boshqaruvni yuqori havsizlik darajasida quvvatlaydi.
BOSCH firmasi tomonidan yaratilgan. Uzatish ish tartibi –
ketma-ket, keng
uzatuvchi, paketli.
Standart jismoniy bosqichni bayon qilmaydi, lekin ko‘pincha ISO 11898
standartining differensial juftlik asosidagi shina topologiyali tarmoqni ishlatiladi.
Uzatuv kadrlarda olib boriladi, uni tarmoqning barcha qurilmalari tomonidan qabul
qilinadi. Axborot uzatish muhitiga ega bo‘lish usuli konfliktlarni
hal qilish bilan
ma’lumotlarni uzatishni ustunlikli ta’minlaydi. Kadrda foydali axborot 11 bitli
identifikatordan tashkil topadi (standart format) yoki 29 bit (kengaytirilgan format)
122
va 0 dan 8 bayt gacha uzunlikdagi axborotlar maydoni mavjut. Identifikator paketda
nima borligini bildiradi va bir necha tugunlar bir
vaqtda uzatishga urinsalar
ustunlikni aniqlash uchun hizmat qiladi. Tatbiq sohalari – yuqori tezlikdagi
tarmoqlardan to arzon multipleksli shinalargachan.
Avtomatikada, boshqarish
qurilmalarida, datchiklarda tezligi 1 Mbit/s li CAN interfeysi ishlatiladi.