|
Narxning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar
|
bet | 65/137 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #247086 |
Bog'liq 1 ta\'lim texnologiyasiNarxning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar:
Talab va taklif nisbatlari
Tovar
ning qiymati
Raqobat muhit
Tovar
ning nafli
ligi
Soliq
lar
Tovar qiymati -narxni shakllantiruvchi asosiy omil bo’lib, u Tovar yoki xizmatni yaratishda qilingan xarajatlarning yig’indisi hisoblanadi.
Soliqlar- tadbirkor, ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, biznesmen- barchasi albatta o’z faoliyati natijasidan soliq to’lar ekan uning daromadiga, rejalashtirgan foydasiga ta’sir qiladi. Foydani kamaytirmaslik uchun esa albatta ular to’laydigan soliqlar narxni o’zgartiradi, narxga ta’sir qiladi.
Talab va taklif nisbatlari - narxga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ekanligini biz oldingi darslarimizdan bilamiz. Ko’rib chiqganimizday tovarga bo’lgan talab oshsa narx ortadi, talab kamaysa narx pasayadi. Shuningdek taklif oshsa narx pasayadi va aksincha taklif kamaysa narx oshadi.
Raqobat muhiti - narxga ta’sir qilmasdan qolmaydi, chunki narx asosiy raqobat vositasi ekanligini biz bilamiz, ya’ni raqobatchilar soni oshsa narx pasayadi, raqobatchilar soni kamaysa narx oshadi.
Tovar nafliligi - ham narxga ta’sir qiladi, ya’ni naflilik oshsa Tovar narxi ham ortadi, naflilik pasaysa tovar narxi kamayadi.
Tovar narxiga ta’sir qiluvchi omillar bir vaqtda baravar ta’sir qiladi. Masalan: Tovar qiymati narxni pasaytirsa, naflilikning yuqoriligi narxni oshiradi. Soliqlarning oshganligi narxni oshirsa, raqobatchilarning ko’pligi narxni pasaytiradi va h.o.
|
| |