• 5. Выход в интернет
  • O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi




    Download 6,59 Mb.
    bet16/74
    Sana13.06.2024
    Hajmi6,59 Mb.
    #263152
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
    Bog'liq
    Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma (

    3. Сетевое окружение (tarmoq muhiti)- bu dastur mahalliy tarmoq kompyuterlari ro’yxatini ko’rib chiqish va ularning resurslariga kirish uchun ishlatiladi.
    4. Корзина (Savat)- Olib tashlangan (yo’qotilgan) papaka va fayllarni vaqtincha saqlovchi joy bo’lib, kerak bo’lganda qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga Windows vositalari bilan olib tashlangan ob’ektlar joylashtiriladi. Bundan tashqari, faylni yo’qotish uchun “sichqoncha” yordamida uni savat belgisiga ko’chirib qo’yish mumkin. DOC vositalari bilan yo’qotilgan fayllarni bu dastur vositalari bilan tiklash mumkin emas. Savatni doimiy ravishda tozalab turish, ya’ni kerakli fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar ham xotirada joy egallaydi.
    5. Выход в интернет ( Internetga chiqish)-. Kiruvchilar bu Windowsning xabarlar tizimidir. O’rnatilgan dasturlarga qarab elelktron pochtaning u yoki bu turiga ulanishini ta’minlashi mumkin.
    6. Internet Explorer - Internetdagi Web sahifalarini ko’rib chiqish dasturi. U Windowsning oxirgi namunalariga kiritilgan
    Ish stoliga yorliq tashkil qilish. Windows muhitida diskda yana bitta ob’ekt-yorliqlar hosil qilish imkoniyati ham mavjud. Yorliq maxsus fayl bo’lib, o’zida boshqa fayl, catalog yoki tashqi qurilmaga yo’nalish haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi.
    Ko’p ishlatiladigan dasturlarga murojaat qilishni yorliqlar orqali amalaga oshirish mumkin. Ko’p hollarda murojaat qilishga to’g’ri keladigan hujjat, tashqi qurilma uchunham yorliq tashkil qilish maqsadga muvofiq. Shundan so’ng bu hujjatni ochish uchun uning yorlig’ida “sichqoncha” tugmasini ikki marta bosish kerak.
    Yorliq faqat hujjatlar uchungina emas, balki ixtiyoriy ob’ektlar, xususan papakalar, disklar va boshqa kompyuter va printerlar uchun ham tashkil qilinishi mumkin. Yorliqni faqat ish stoliga emas, balki ixtiyoriy papaka ichiga joylashtirish foydalanuvchi ixtiyorida bo’ladi. Ixtiyoriy yorliq ko’pi bilan 374 bayt egallashi mumkin. Shuning uchun ham bitta ob’ekt uchun xoxlagancha yorliq qilish mumkin. Yorliqlar fayillar kabi nomlanadi va kengaytmasiga ega bo’ladi.

    Ish stoliga yangi jild yoki yorliqlarni qo’shish uchun "sichqoncha" ning o’ng tugmasi biror bo’sh joyda bosiladi va hosil bo’lgan muloqot darchasidan Cosдать bandi faollashtiriladi. Natijada hosil bo’lgan ikkilamchi muloqot darchasidan kerakli bo’limi tanlab olinib, ish stolida tizim ko’rgazmasi bo’yicha yangi yorliq yoki jild hosil qilinadi. So`ngra ularga zaruriy dasturlar majmuasini joylashtirish va nom berish orqali foydalanishimiz mumkin.

    Download 6,59 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




    Download 6,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi

    Download 6,59 Mb.