|
-rasm. Boshlovchi dasturining darchasi
|
bet | 22/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( 15-rasm. Boshlovchi dasturining darchasi.
Hosil bo’lgan muloqotli darchada Tипы файлов bo’limi orqali kerakli ma'lumotga ega bo’lishimiz mumkin. Biror kerakli faylni topish uchun Меню ning Cepвис qismidagi Поиск bandiga murojaat qilinib, hosil bo’lgan muloqotli darchada izlanayotgan faylning belgisi kiritiladi.
EXE qo’shimchaga ega bo’lgan fayl yorliqlarini faollashtirish orqali mazkur dasturni ishga tushirish mumkin.
Boshlovchi dasturiga o’xshash vazifalarni Mening hujjatlarim yorlig’ini faollashtirish orqali ham bajarish mumkin.Bu yerda alohida olingan foydalanuvchi tomonidan hosil qilingan hujjatlar majmuasi jamlangan bo’ladi.
Demak, Mening hujjatlarim dasturida menyu Fayl qismining bandlari umumiy holdan birmuncha farq qiladi. Shu bilan birgalikda joriy holatning imkoniyati va vazifalaridan kelib chiqib, Mening hujjatlarim darchasida menyu bo’limlarining ba'zi birlari bo’lmasligi ham mumkin. Файл bo’limining Отправить bandidan foydalanib jild va fayllarni nusxasini yumshoq yoki qattiq disklarda hosil qilinishi mumkin.
Ba'zi hollarda tadbiqiy dasturlarga murojaat qilmasdan faylning mazmunini aniqlash zarur bo’ladi. Bunday hollarda Быстрый просмотр bandidan foydalanishimiz mumkin.
Fayl va jildlarni hajmini qisqartirib saqlash uchun Arxivlashning turli usullariga murojaat qilishimiz mumkin.
Fayl bo’limining boshqa bandlari yuqorida ta'kidlangan umumiy hollardan deyarli farq qilmadi.
Windows da bajariladigan vazifalarining ko’lami juda keng bo’lib, ularni amalga oshirishda foydalanish uchun qulay va tuzilishi soda bo’lgan yordamchi dasturlar mavjud.
Amaliy ishni bajarish tartibi:
1. Komyuterni ishga tushirish uchun o’qituvchidan ruxsat oling.
2. Kompyuterni ishga tushiring.
3. Windowsni yuklang.
4. Sichqoncha orqali bosh menyu пуск tanlang va uning bo’limlarini hosil qiling.
5. Amaliy dasturlarni ishga tushirish tartibini bajaring.
6. Oxirgi fiydalanilgan 15 ta hujjat ro’yxatini ekranga chiqaring.
7. Sozlash bandi orqali boshqarish panelini sozlang.
8. Справка bandi orqali Windowsning imkoniyatlari va unda ishlash bo’yicha axborotni ko’rib chiqing.
9. Mening hujjatlarim oynasini ishga tushiring keraksiz hujjstlarni o’chirish amalini bajaring.
10. Windows ishini yakunlang va kompyuterni o’chiring.
|
| |