|
Kerakli asbob va jihozlar
|
bet | 26/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari
Nazariy qism: Uskunalar paneli.
Joriy dastur ismi qatorining o’ng qismida dasturni yopish, darchani kengaytirisl yoki yig’ish uchun maxsus tugmalar mavjud (8-rasmda ko’rsatkich orqali berilgan va ular "sichqoncha" ko’rsatkichi orqali faollashtiriladi. Xuddi shuningdek, Windows dasturlaridan foydalanishda uskunalar paneli muhim ahamiyatga molik. Bu yerda berilgan tugmalar menyu bo’limlaridagi ko’pchilik bandlarning vazifasini bajaradi.
9-rasm. Uskunalar panelini sozlash.
Uskunalar panelidagi tugmalardan foydalanish uchun "sichqoncha" ning ko’rsatkichi ular ustiga keltirilib chap tugmasi bosiladi.
Uskunalar panelida yangi vazifali tugmalar hosil qilish uchun dastur menyusida BИД qismining Ilaнель инструментов bandidagi Hacтройка bo’limiga murojaat qilinadi. Natijada ekranda ikkilamchi darcha hosil bo’lib
(9-rasm), u yerda Ilaнель инструментов, Koманды bandlaridan foydalangan holda joriy dasturning mеню qismlari yoki uskunalar paneliga o’zgartirishlar kiritish va yangi vazifali tugmalar hosil qilish mumkin. Masalan, uskunalar panelida yangi tugmalar hosil qilish uchun Hacтройка (Sozlash) ning Ilaнель инструментов dagi kerakli qismiga "sichqoncha" ning ko’rsatkichi olib kelinib, chap tugma bosilgan holda, uskunalar qatorida kerakli bo’limlar hosil qilinadi.
10-rasm. Tizim dasturlari muloqotli darchasi.
Odatda tizim dasturlari darchasida foydalanuvchi tomonidan qat'iy o’zgartirishlar kiritilmaydi. Shu sababli ularga xos bo’lgan darchalar muloqot uchun moslashtirilgan bo’ladi. Masalan, Cпециальные возможности (Maxsus imkoniyatlar) dasturiga murojaat etilganda, darcha 10-rasm ko’rinishiga ega bo’lib, u yerda nogironlar uchun kerakli moslash ishlarini amalga oshirish mumkir bo’ladi.
|
| |