|
O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi
|
bet | 31/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( - Egri chiziqlar chizish
- Ko’pburchaklar chizish
- Oval chizish
Ranglar kamalagi (paliтra) Paint dasturida tasvirlar yaratish va tahrir qilish uchun ranglar kamalagi(palitra)dan keng foydalaniladi. Ranglar kamalagining vazifasi foydalanuvchi uchun kerakli rang yoki ularni kombinatsiyasini hosil qilishdir. Ranglar kamalagi dastur oynasining quyi qismida joylashgan bo’ladi. Uni ekranga qo’yish va olib tashlash uchun quyidagi yo’llardan foydalanamiz:
Вид-> Палитра
Sichqoncha ranglar kamalagiga keltirilib 2 marta bosiladi.
A. Ranglar kamalagiga yangi ranglarni qo’shishi uchun menyuninig Palitra bo’limidan Изменить палитру buyrug’i tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Asosiy ranglarni Основые света ramkasidan tanlashimiz mumkin. qo’shimcha ranglarni tanlash uchun Определит свет tugmasi bosiladi. Hosil bo’lgan ranglar turkumidan kerakli ranglar tanlab olinadi va qo’shimcha ranglar turkumiga kiritladi.
Тanlashni amalga oshirganimizdan so’ng OK tugmasini bosamiz. Bekor qilish uchun esa Отменит tugmasi bosiladi.
Amaliy ishni bajarish tartibi:
Vazifalar:
1. Komyuterni ishga tushirish uchun o’qituvchidan ruxsat oling.
2. Kompyuterni ishga tushiring va windows operatsion tizimini yuklang.
3.Paint dasturini ishga tushiring, belgilar uchun qora rangni, fon uchun oq rangni va 2 piksel qalinlikdagi chiziqni tanlaymiz, ekran markazida uyning kartasini chizing.
4.Bunda to’g’ri chiziq va to’g’ri to’rtburchak chizish uskunalaridan foydalaning. 5.Uch o’lchamli “perspektiva”ni hosil qilish uchun vertical, diagonal va ixtiyoriy yotiqlikdagi chiziqlardan foydalanish lozim.
6.Agar chiziqlar kesishmasida, burchaklarda ortiqcha chiziqlar paydo bo’lgan bo’lsa o’chirg’ich yordamida tozalang.
7.Uyning oldida mo’yqalam yordamida yopiq sohani chizing.
8.Undagi suvni belgilash uchun ko’k rangni, so’ngra “Валик” uskunasini tanlang va hovuz ichida sichqoncha tugmasini bosing.
9.Hovuz ko’k rangga bo’yaladi. Endi uy oldiga ko’rsatkich o’rnatamiz buning uchun oldin ko’rsatkichni (ellipsni), so’ngra taglikni (ikkita to’g’ri chiziq)
10.Hosil bo’lgan tsavirni “Uy.BMP” faylida saqlab qo’ying.
11. Dastur ishini yakunlang, kompyuterni o’chiring.
|
| |