|
O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi
|
bet | 32/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Nazorat savollari.
Paint grafik muharriri imkoniyatlarini ayting?
Paint grafik muharriri qanday ishga tushiriladi?
Paint grafik muharriri darchasi qanday elementlardan tuzilgan?
Uskunalar panelidagi elementlar vazifasini aytib bering?
Rang qanday o’zgartiriladi.
11-amaliy ish. Paint grafik muharririda grafik tasvirlar bilan ishlash
Ishning maqsadi: Paint grafik muharririda grafik tasvirlar bilan ishlash ko’nikmasini oshirish.
Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari
Nazariy qism: Grafik tasvirlar bilan ishlash.
Ekranning chap qismida joylashgan uskunalar majmuasi yordamida tasvirning kerakli elementlarini hosil qilish, ajratib olish, nusxalash yoki o’zgartirish mumkin.
Тasvir o’lchamlarini o’zgartirish.
1. «Рисунок» (Тasvir) menyusida «Атрибуты» (Atributlar) buyrug’ini tanlang.
2. Тasvirnyng eni va bo’yining o’lchov birliklarini tanlang.
3. «Шрина» (Eni) va «Высота» (Bo’yi) maydoniga qiymatlar kiriting.
Тasvirning o’lchamlarini o’zgartirishni pastki o’ng burchakda va tasvirning o’ng va pastki chegaralarining o’rtasida joylashgan markerlarning joyini o’zgartirish bilan ham amalga oshirish mumkin.
Masshtabni o’zgartirish va to’rni chiqarish.
1. «Вид» (Ko’rinish) menyusida «масштаб» buyrug’ini, so’ngra «другой» (Boshqasi) buyrug’ini tanlang.
2. «варианти» (Variantlar) guruhida 400%, 600% yoki 800%ni tanlang va OK tugmachasini bosing.
3. «Вид» (Ko’rinish) menyusida «масштаб» buyrug’ini, so’ngra «показат сетку» (Тo’rni ko’rsatish) buyrug’ini tailang.
Тo’rni olib tashlash uchun 3-bandni takrorlang va «показат сетки» (Тo’rni ko’rsatish) buyrug’ida v belgisini olib tashlang yoki «вид» (Ko’rinish) menyusida «масштаб», so’ngra «обичный» (Odatiy) buyrug’ini tanlang.
Rangli tasvirni oq-qora tasvirga o’tkazish.
1. «Рисунок» (Тasvir) menyusida «атрибуты» (Atributlar) buyrug’ini tanlang.
2. Palitra guruhida «Чёрно-белая» ( Qora-oq)ni tanlang.
Rangli palitra tanlanganda oq-qora ob’ektlar rangli tasvirlarga aylanmaydi. Faqat yangi tasvirni rangli qilish mumkin.
Тasvir ranglarini kontrast qilish uchun «рисунок» (Тasvir) buyrug’idan so’ng «обратить света» (Ranglarni aylantirmoq) bo’limini tanlash kerak.
Ob’ekt yoki tasvirni akslantirish va burish.
1. Uskunalar panelida to’g’ri to’rtburchak yoki ixtiyoriy shakldagi sohani ajratuvchi tugmachani tanlang.
2. Akslantirish yoki burish kerak bo’lgan element (ob’ekt, tasvir yoki ularning biror qismi)ni tanlangan soha ichiga oling.
3. Uskunalar paneli ostida paydo bo’lgan ikkita belgшdan birini tanlang:
a) ob’ekti shaffof bo’lmagan ob’ekt sifatida akslantirish yoki burish uchun yuqoridagi belgi ustida sichqoncha tugmachasini bosing.
b) ob’ekti shaffof bo’lgan ob’ekt sifatida akslantirish yoki burish uchun pastdagi belgi ustida sichqoncha tugmachasini bosing.
4. «рисунок» (Тasvir) menyusida «отразит/повернуть» (Akslantirish/Burish) buyrug’ini tanlang.
5. Kerakli parametrlarni tanlang: повернуть с верху-вниз (yuqoridan-pastga burish), слева направо (chapdan-o’ngga), 90°, 180°, 270°ga.
Тasvirni cho’zish va og’dirish.
1.Uskunalar panelida to’g’rito’rtburchak yoki ixtiyoriy shakldagi sohani ajratuvchi tugmachani tanlang.
2. O’zgartirilayotgan element (ob’ekt, tasvir yoki ularning biror qismi)ni tanlangan soha ichiga oling.
3. «рисунок» (Тasvir) menyusida «растянуть/наклонить» (Cho’zish/Og’dirish) buyrug’ini tanlang.
4. Cho’zish yoki og’dirish parametrlarini tanlang va ularning sonli qiymatlarini kiriging: «растянут по горизонтали, вертикали (%)» (gorizontal, vertikal (%) bo’yicha cho’zish), «наклонить по горизонтали, вертикали (%)» (gorizontal, vertikal (%) bo’yicha og’dirish).
5. Uskunalar panelining pastki qismida paydo bo’ladigan belgilardan birini tanlang:
a) ob’ektni shaffof bo’lmagan ob’ekt sifatida cho’zish yoki og’dirish uchui yuqoridagi belgi ustida sichqoncha tugmachasini bosing.
6) ob’ektni shaffof ob’ekt sifatida cho’zish yoki og’dirish uchun pastdagi belgi ustida sichqoncha tugmachasini bosing.
Тasvirni olib tashlash.
1. Agar tasvirning biror qismi ajratilgan bo’lsa, unda tashqaridagi ixtiyoriy joyda sichqoncha chap tugmachasini bosing.
2. «Risunok» (Тasvir) menyusidan «Ochistit» (Тozalash) buyrug’ini tanlang.
Eslab qoling! Тasvirniig ajratilgan qismi uchun «Ochistit» (Тozalash) buyrug’i ishlamaydi.
O’zgartirishlarni bekor qilish.
«Pravka» (Тo’g’rilash) menyusidan «Otmenit» (Bekor qilish) buyrug’ini tanlang.
Foydalaiuvchi ketma-ket «Pravka» (Тo’g’rilash) menyusidagi «Otmenit» (Bekor qilish) buyrug’ini tanlash orqali oxirgi bajarilgan uchta o’zgartirishlarni bekor qilishi mumkin.
Тasvir bo’lagini (fragmentini) ajratish.
1. Uskunalar panelidagi to’g’ri to’rtburchak sohani ajratish tugmachasini tanlang.
2. Sichqoncha ko’rsatkichini sichqonchaning tugmachasini bosgan holda ajratilayotgan soha ustidan diagonal bo’yicha olib o’ting.
Тasvirni yoki uning biror bo’lagini ajratish uchun uskunalar panelidagi ixtiyoriy sohani ajratysh tugmachasi-dan ham foydalanish mumkin.
Ajratishni bekor qilish uchun ajratilgan sohadan tash-qarida, ixtiyoriy joyda sichqonchaning chap tugmachasini bosing.
Тasvir bo’lagini nusxapash yoki joylashtirish.
1. Uskunalar panelida to’g’ri to’rtburchak yoki ixtiyoriy sohani ajratuvchi tugmachani tanlang.
2. Nusxa olinuvchi tasvirning bo’lagini tegishli soha ichiga oling.
3. Joylashtirish usulini tanlang.
a) Uskunalar paneli ostidagi yuqori belgi ustida sich-qoncha belgisini joylashtirib, uning chap tugmachasini bossangiz shaffof bo’lmagan bo’lakcha joylashtiriladi.
b) Uskunalar paneli ostidagi quyi belgi ustida sichqoncha belgisini joylashtirib, uning chap tugmachasini bossangiz shaffof bo’lgan bo’lakcha joylashtiriladi.
4. «Pravka» (Тo’g’rilash) menyusida «Kopirovat» (Nusxalash) buyrug’ini tanlang.
5. «Pravka» (Тo’g’rilash) menyusida «Vstavit» ( Qo’yish) buyrug’ini tanlang.
6. Тasvir bo’lagini kerakli joyga olib borib quying.
Eslab qoling! «надпис» tugmachasi bosilgan bo’lsa tasvirni joylashtirib bo’lmaydi.
Ob’ektning bir nechta nusxasini joylashtirish uchun CTRL. tugmachasini bosib turib, kerakli marta joylashtirishingiz mumkin.
|
| |