|
-amaliy ish. MS Word dasturida ishlash
|
bet | 44/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( 14-amaliy ish. MS Word dasturida ishlash
(MS-Word dasturida hujjatlarni tahrirlash, saqlash, formatlash)
Ishning maqsadi: MS-Word dasturida hujjatlarni tahrirlash, saqlash, formatlash ko’nikmasini oshirish.
Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari
Nazariy qism: Word dasturida hujjatlarni tahrirlash
"To’g’rilash" menyusidan foydalangan holda hujjatni tahrirlashning asosiy usullari.
Matn bo’yicha harakatlanish:
Boshqarish kursorlaridan foydalanib-“pastga”, "yuqoriga" ko’rsatkichlar kursorini pastga yoki yuqoriga harakatlantiradi;
O’ng va chap ko’rsatkichlar belgini bir qadam chap yoki o’ngga suradi;
CTRL+ yuqoriga qaragan kursatkich-xat boshini bitta pastga suradi;
CTRL+ pastga qaragan ko’rsatkich-xat boshini bitta pastga suradi;
CTRL+ o’ngga qaragan kursatkich-kursorni bir so’z o’ngga suradi;
CTRL+ chapga qaragan ko’rsatkich - kursorni bir so’z chapga suradi;
END tugmasi - qatorning boshiga o’tkazib beradi;
HOME tugmasi - qatorning oxiriga o’tkazib beradi;
Bir bet pastga o’tish - PgUp;
Bir bet yuqoriga o’tish - PgDn;
Hujjatning eng oxiriga o’tish -CTRL+ END;
SHIFT+F5 - hujjatdagi oldingi ish o’rniga o’tish.
Hujjatlarni tug’rilash-yuqotish, nusxalash yoki xujjat matnini ko’chirish.
Matnni nusxalash va yuqotishda uni ajratib olish kerak.
Matnni ajratish usullari:
SHIFT+ boshqarish ko’rsatkichi(chapga, o’ngga, yuqoriga, pastga) tug’rilash kerak bo’lgan matnni yorqinroq rangga bo’yab beradi;)
To’g’rilash lozim bo’lgan matnni "Sichqoncha"ning chap tugmasini bosib turib, ramkaga ajratish mumkin;
Hamma hujjatlarni ajratib olish uchun "To’g’rilash" menyusidan ajratish bo’yrug’i tanlanadi.
|
| |