|
Amaliy ishni bajarish tartibi
|
bet | 47/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Amaliy ishni bajarish tartibi:
1. Komyuterni ishga tushirish uchun o’qituvchidan ruxsat oling.
2. Kompyuterni ishga tushiring va windows operatsion tizimini yuklang.
3. Microsoft Word dasturini ishga tushiring va “Madhiya.doc” hujjatini oching. Madhiyaga nom bering (birnichi satrni surib, madhiyaga nom bering)
4. Naqarotdan uch marta nusxa ko’chiring. Birinchi naqarotni markaz bo’yicha tekislang. Ikkinchi naqarotni o’ng tomon bo’yicha tekislang.
5. Madhiya nomini markazga joylashtiring, uni yashil rang bilan ajrating va kursiv bilan belgilang. Birinchi naqarotda shriftning qora rangini ko’k rangga almashtiring.
6. Ikkinchi naqarotda shrift rangini qizil rangga almashtiring. Hosil bo’lgan hujjatni “Madhiya 1.doc” nomi bilan saqlab qo’ying.
7. “Формат – Шрифт – Интервал” bo’limlarini tanlang. Undagi “Разрежённый” yoki “Уплотнённый” variantlaridan birni tanlab, OK tugmasini bosing). Birinchi naqarotdagi satrlar orasidagi intervalni bir yarim barobarga oshiring. (Naqarotni ajrating.
8. «Формат – Абзац – Интервал междустрочный» bo’limlarini tanlang, undagi variantlardan “Повторный” variantini tanlab OK tugmachasini bosing va ajratishni bekor qiling). Ikkinchi naqarot satrlari orasidagi intervalni ikki marta oshiring (3- vazifa kabi bajariladi).Birinchi naqarot satrlarini raqamlar bilan belgilang. (Naqarotni ajrating, formatlash muskunalari panelidan “Нумерация” tugmasini bosing va ajratishni bekor qiling).
9. Ikkinchi naqarot satrlarini lotin alifbosi harflari bilan belgilang. (Naqarotni ajrating, “Формат – Список” bo’limlarini tanlang, «Нумерованный» qismida nomerlash variantini tanlang, ajratishni bekor qiling).
10.Naqarotlardan birni markerlangan ro’yxat sifatida rasmiylashtiring. (Naqarotni ajrating, formatlash uskunalari panelida “Маркер” tugmasini bosing, ajratishni bekor qiling). Hujjatni “Madhiya 2.doc” nomi bilan saqlab qo’ying.
11.Dastur ishini yakunlang, komyuterni o’chiring.
Nazorat savollari.
1.Word dasturini ishga tushirish tartibini ayting?
2. Hujjatlarni tahrirlash buyruqlari qaysi menyuda joylashgan?
3. Matn va rasmlar sichqoncha yordamida qanday belgilanadi?
4.Amallar qanday bekor qilinadi?
5. Rasm yoki matn parchasini ko’chirish qanday bajariladi?
6. Matn parchasini izlash qanday amalgam oshiriladi?
|
| |