|
O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi
|
bet | 55/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Nazorat savollari.
1.EXCEL dasturi nima va nima uchun ishlab chiqilgan?
2.EXCEL da ma'lumotlar qanday ko’rinishda yoziladi?
3. Elektron jadvallar yacheykalari necha xil bo’ladi?
4.Formulalar nima va ular qayerda yoziladi?
5 EXCEL ning asosiy ish ob'ekti nima?
17-amaliy ish. MS Excel dasturida funksiyalar bilan ishlash
Ishning maqsadi: MS-Excel dasturida amaliy ishlash ko’nikmasini oshirish.
Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari
Nazariy qism: FUNKSIYALAR BILAN ISHLASH
Funksiya — bu formulalarda qo’llaniladigan kirotib qo’yilgan tayyor uskunalar qolipidir. Ular murakkab bo’lgan matematik va mantiqiy amallarni bajaradi.
Funksiyalar quyidagi ishlarni bajarish imkonini beradi.
1. Formulalarni qisqartirish.
2. Formulalar bo’yicha boshqa qilib bo’lmaydigan hisob ishlarini bajarish.
3. Ayrim muharrirlik masalalarini hal qilishni tezlashtirish.
Barcha formulalarda oddiy () qavslar ishlatiladi. Qavs ichidagi ma’lumotlar argumentlar deb ataladi. Funksiyalar qanday argumentlar ishlatilayotganligiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Funksiyaning turlariga qarab ular quyidagicha ishlatilish mumkin:
— argumentsiz;
— bir argumentli;
— qayd qilingan cheklangan argumentlar soni bilan;
— noma’lum sondagi argumentlar soni bilan;
— shart bo’lmagan argumentlar bilan.
Funksiyada argumentlar ishlatilmasa ham, bo’sh qavslar ko’rsatilishi lozim. Masalan, =RAND(). Agar funk-siyada bitgadan ortiq argument ishlatilsa, ular orasiga nuqtali vergul (;) qo’yiladi. Formulalarga funksiyani kiritishning ikkita usuli mavjud: klaviatura yordamida qo’lda kiritish va EXCEL dagi «Master fuiksiy» (Funksiyalar ustasi) piktogrammasi orqali kiritish.
Funksiyani kiritish usullaridan biri qo’lda klaviaturadan funkiiya nomi va argumentlar ro’yxatini kiritishdan iborat. EXCEL funksiyani kiritishda uning nomidagi belgilarni yuqori registrga o’zgartiradi, chunki formula va funkiiyalarda kichik harflar ishlatish mumkin. Agar dastur kiritilgan matnni yuqori registrga o’zgartirmagan bo’lsa, demak, u yozuvni funksiya deb qabul qilmagan, ya’ni funksiya noto’g’ri kiritilgan bo’ladi.
EXCELdagi «Master funksiy» (Funksiya ustasi) funksiya va uning argumentini yarim avtomatik tartibda kiritishga imkon yaratadi.
«Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) ni qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g’ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panelidagi piktogrammasini sichqoncha ko’rsatkichi bilan tanlash lozim. «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Kategoriyalar darchada 11 ta turli xil sohalarga tegishli bo’lgan funksiyalar kategoriyalari berilgan. Agar foydalanuvchining masxus funksiyalari ham qo’llanilsa, bu kategoriyalar soni undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Funksiyalar ro’yxatidagi kategoriya-lardan biri tanlab olinsa, mulo.qot oynasida shu funksiya kategoriyasiga tegishli funksiyalarning ro’yxati chiqadi. Ruyxatlar darchasida funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro’yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot paydo bo’ladi.
|
| |