|
Excel menyu bo’limi tavsifi
|
bet | 53/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Excel menyu bo’limi tavsifi.
Excel dasturi o’z menyusi va uskunalar majmuasiga ega bo’lib, uning menyusida quyidagi bo’limlar mavjud:
Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис,Данное, Окно,?
FORMULALAR BILAN ISHLASH VA MA’LUMOТLARNI O’ТKAZISH
F(x) - Formula — bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi tenglamadir. Formulalar yordamida elektron jadvalda ko’pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Elektron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muharririga aylanib qoladi. Formulalarsiz elektron jadvallarni tasavvur qilish qiyin.
Jadvalga formulani qo’yish uchun uni kerakli yacheykaga kiritish kerak. Formulalarni ham boshqa ma’lumotlar singari o’zgartirish, saralash, ulardan nusxa ko’chirish va o’chirish mumkin. Formuladagi arifmetik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funkiiyalar matnlarni qayta ishlashda hamda yacheykadagi boshqa qiymatlarni hisoblashda ishlatiladi.
Sonlar va matnlar. Formuladagi qisoblashlarda qatnashayotgan sonlar va matnlar boshqa yacheykalarda joylashgan bo’lishi mumkin bo’lsada, ularning ma’lumotlarini oson almashtirish mumkin. Masalan, EXCEL boshlang’ich ma’lumotlar o’zgartirilsa, formulalarni qayta hisoblab chiqadi.
Quyidagi jadvalda formulalarda qo’llaniladigan ope-ratorlarniig bajarilish tartibi ko’rsatilgan:
Belgilar
|
Operatorlar
|
Bajarilish tartibi
|
l
|
darajaga ko’tarish
|
1
|
*
|
ko’paytirish
|
2
|
/
|
bo’lish
|
2
|
+
|
qo’shish
|
3
|
-
|
ayirish
|
3
|
&
|
konkatenatsiya
|
4
|
=
|
tenglik
|
5
|
>
|
dan katta
|
5
|
<
|
dan kichik
|
5
|
— Diapazon va yacheykalarga yuborish — kerakli ma’du-motlarni saqlovchi diapazon va yacheykalar nomi yoki man-zili ko’rsatiladi. Masalan: D10 yoki A1:Ye8.
— Sonlar.
— Ishchi jadval funksiyalari. Masalan, SUM
Agar formula yacheykaga kiritilsa, unda yacheykada kiritilgan formula asosidagi hisob-kitob natijasi ko’rinadi. Lekin formulaning o’zi tegishli yacheyka faollashtirilsa formulalar qatorida paydo bo’ladi. Formulalar har doim «=» belgisi bilan boshlanadi. Ushbu belgi yordamida EXCEL matn va formulalarni farqlaydi.
Yacheykaga formulalarni kiritishning ikkita usuli mavjud:
1. Formulani klaviatura orqali kiritish: «=» belgisini qo’yib, keyin formulalar kiritiladi. Kiritish paytida belgilar formulalar qatorida hamda faollashgan yacheykada paydo bo’ladi. Formulalarni kiritishda odatdagi tahrirlash tugmalaridan foydalanish mumkin.
1. Yacheykalar manzilini ko’rsatish yo’li bilan formulalar kiritish: Bu usulda qam formulalar klaviaturadan kiritish orqali, lekin kamroq foydalangan holda amalga oshiriladi. Ushbu usulda yacheykalar manzilini kiritish o’rniga ular ko’rsatiladi, xolos. Masalan, AZ yacheykaga =A1+A2 formulasini kiritish uchun quyidagilarni bajarish kerak.
• jadval kursori AZ yacheykaga o’tkaziladi;
• «=» belgisi kiritiladi. Formulalar qatori yonida «kiritish» (vvod) yozuvi paydo bo’ladi;
• sichqoncha ko’rsatkichi A1 yacheykaga olib boriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada yacheyka ajratib ko’rsatiladi, ya’ni uning atrofida harakatlanuvchi ramka (rom) paydo bo’ladi. AZ yacheykasi formulalar qatorida — A1 yacheyka manzili ko’rinadi. Holat qatorida esa «Ukajite» (Ko’rsating) yozuvi paydo bo’ladi:
• «+» belgisi kiritiladi.Natijada harakatlanuvchi rom yo’qolib, yana «Vvod» (Kiritish) so’zi chiqadi;
• sichqoncha ko’rsatkichi A2 yacheykaga o’tkaziladi va tug-machasi bosiladi. Formulaga A2 yacheyka qo’shiladi;
• ENTER tugmasini bosish bilan formulani kiritish yakunlanadi.
Yacheyka manzilini ko’rsatish usuli klaviatura yordami-da kiritish usulidan oson va tez bajariladi.
Formulalarni boshqa ishchi jadvallar yacheykalariga ham yuborish mumkin, boshqacha aytganda, formulalar bir necha joyda takrorlanishi mumkin. Hattoki, boshqa ishchi kitobdagi ishchi jadvallarda ham. Buning uchun EXCEL da maxsus yozuv ishlatiladi.
|
| |