• «Stolbets»
  • Qatorlar balandligini o’zgartirish




    Download 6,59 Mb.
    bet61/74
    Sana13.06.2024
    Hajmi6,59 Mb.
    #263152
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
    Bog'liq
    Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma (

    Qatorlar balandligini o’zgartirish. Qatorlarga ma’lumotlarni kiritish uning shriftiga, ya’ni kiritilayotgan belgilarning o’lchamiga bog’liq bo’lib, ko’pincha NORMAL bichim (stil) ishlatiladi. Microsoft EXCEL dasturida qatorlarning balandligi kiritilayotgan ma’lumotlarning qanday o’lchamdagi shriftda yozilganiga qarab avtomatik ravishda o’zgarib boradi. Bundan tashqari qatorlar balandligini yuqoridagi ustunlar kengligini o’zgartirish buyruqlari orqali ham o’zgartirish mumkin. Buning uchun buyruqlardagi «Stolbets» (Ustun) buyrug’i o’rniga «Stroka» (Satr) buyrug’i olinadi.
    Sonlarni kiritish.Har bir yacheykaga kiritilayotgan sonlar o’zgarmaslar (konstantalar) sifatida qabul qilinadi. Microsoft EXCEL dasturida sonlar quyidagi 1,2,3,...9,0.+,—,(),/, $,%, Ye, ye belgilari orqali kiritiladi. Тugmalarning boshqa barcha kombinatsiyalari orqali kiritilayotgan ma’lumotlar raqamli va raqamsiz belgilardan iborat bo’lib, matn sifatida qaraladi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son oldiga «—» ishorasi qo’yiladi yoki son qavs ichiga olinib yoziladi. Masalan, -5 yoki (5). Kiritilayotgan sonlar hamma vaqt yacheykaning o’ng chegarasidan boshlab yoziladi. Kiritilayotgan sonli qiymatlar bichimlanmagan holatda bo’ladi, boshqacha aytganda, ular oddiy raqamlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Shuning uchun sonlarni bichimlash zarur. Sonlarni bunday bichimlashdan maqsad yacheykadagi ma’lumotlarni, ya’ni sonlarni oson o’qish imkonini berishdir.
    Microsoft EXCEL dasturida sonli qiymatlar 12 xil bichimlanadi.

    1.Umumiy
    2. Sonli
    3. Pul bilan bog’liq
    4. Moliyaviy
    5. Kun,oy (sana)
    6. Vaqt

    7. Foiz bilan bog’liq
    8. Kasrli
    9. Eksponensial
    10. Matnli
    11.Qo’shimcha (barcha bichimlar)



    Agar yacheykadagi belgilar o’rnida «reshetka» (#####) paydo bo’lsa, tanlangan bichimdagi sonlar ustun kengligiga sig’magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun kengligini o’zgartirish yoki boshka sonli bichimlashga o’tish kerak bo’ladi.
    Agar sonli qiymatlar bichimlangandan keyin yacheykadagi jadval kursorini sonli qiymatlari bilan boshqasiga o’tkazilsa, formulalar qatorida sonli qiymatlarning bichimlanmagan ko’rinishi hosil bo’ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning yacheykadagi ko’rinishigagina ta’sir etadi.
    Sonlarni bichimlash. Bichimlashdan oldin kerakli yacheykalarni ajratib olish zarur.
    Uskunalar paneli yordamida bichimlash. Uskunalar panelida bir qancha bichimlash tugmalari joylashgan bo’lib, ular kerakli bichimlash turini tez tanlab olish va foydalanish imkonini beradi.
    Yacheykalar ajratilgandan keyin tanlangan tugmalarga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, tugmasini bosish kerak. Shundan so’ng yacheykada tanlangan bichim asosida ish olib boriladi. Bosh menyu yordamida bichimlash. Bosh menyuda bichimlash buyrug’i quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
    «Format»—«Format Yacheyki» (Yacheyka bichimi) buyruklari tanlanib, muloqot oynasidan «Chislo» (Son)ning kerakli parametrli bichimi tanlanadi.
    Тekislash. Matnlar yacheykaga kiritilganda, ko’pincha. yacheykaning chap chegarasidan tekislanadi. Sonli qiymatlar esa yacheykaning o’ng chegarasidan boshlab tekis holatda yoziladi. Yacheykadagi yozuv chegaralarini turli tartibda o’zgartirish mumkin. Buning uchun kerakli yacheykalar ajratib olinadi va uskunalar panelida joylashgan turli tomonli bichimlash piktogrammalaridan biri tanlab olinadi. Bundan tashqari gorizontal menyudagi «Format»—«Yacheyki»—«Viravnivaniye» (Тekislash) buyruqlari orqali ham o’zgartirish, ya’ni tekislash mumkin.

    Download 6,59 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




    Download 6,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qatorlar balandligini o’zgartirish

    Download 6,59 Mb.